Özbekiston rahbari Belarus yetakçisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğliq, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Belarus xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.

Öz navbatida, Belarus prezidenti Özbekiston yetakçisi va köp millatli xalqini yaqinlaşib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy qutlab, bardavom taraqqiyot va farovonlik tiladi.

Joriy yil 8-9 iyul kunlari Şavkat Mirziyoyevning Minsk şahriga rasmiy taşrifida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Belarus strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Samarali muloqot va almaşinuvlar, şu jumladan, ikki mamlakat hududlari darajasida amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş hajmi 28 foizga oşdi. Qişloq xöjaligi, maşinasozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, yengil sanoat va iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Yetakçilar bölajak ikki tomonlama uçraşuv va tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.