Markaziy bank boşqaruvining “Markaziy bankning banklararo tölov tizimi orqali elektron tölovlarni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat 2026-yil 28-avgustda davlat röyxatidan ötkazilib, 29-avgustdan kuçga kirdi.
Qaror bilan banklararo elektron tölovlarni amalga oşiriş tartibiga bir qator özgartirişlar kiritildi.
Xususan, Tezkor tölovlar tizimi orqali tölovlarni amalga oşirişga oid norma yangi tahrirda bayon etildi.
Unga köra, tölovlarni amalga oşiriş maqsadida mijozlarning farmoyişlari asosida yaratilib, Tezkor tölovlar tizimiga qayta işlaş uçun uzatiladigan tölov hujjatlari bank mijozlari tomonidan masofaviy xizmat körsatiş tizimlari orqali 24/7 rejimida xizmat körsatuvçi bankka taqdim etilgan bölişi lozim.
Bunda tölovçining hisobvarağida operatsiyani amalga oşiriş uçun yetarli mablağ bölişi talab etiladi.
Şuningdek, nizomdagi bank faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziyaga oid ayrim atamalar ham amaldagi qonunçilikka muvofiqlaştirildi.








