Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

«Özbekiston Mustaqilligi kuni - sönggi yillar davomida tubdan yangilanib, dadil ilgarilayotgan mamlakatimizning uluğ ayyomidir.

​

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev öz nutqida kelgusi ön yillikni «Milliy yuksaliş davri» deb eʼlon qildi.

Oldinda keng kölamli milliy dasturlar ijrosi, katta vazifalar turibdi: bilim va könikmalarni amaliy kapitalga aylantiriş, aholi salomatligi hamda uzoq umr körişini taʼminlaş, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni barpo etiş, suv resurslarini har tomonlama tejaş va atrof-muhitni asraş, qonun ustuvorligini töliq kafolatlaş, mahalla institutini mustahkamlaş hamda Özbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yanada yuksaltiriş şular jumlasidandir. ​Bayraming muborak bölsin, jonajon Özbekistonim!», deb yozdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.