Şu yil 9-sentabrdan boşlab Xiva va Buxoro örtasida yangi elektropoyezd qatnovi yölga qöyiladi, deb xabar berdi «Öztemiryölyölovçi» AJ.

Qayd qilinişiça, qatnov tezyurar CRRC-Daliyan yölovçi elektropoyezdida amalga oşiriladi. Uning tarkibi 5 ta vagondan iborat bölib, jami 415 ta ekonom-klass örindiği mavjud.

707-sonli «Xiva - Buxoro-1» elektropoyezdi seşanbadan taşqari haftaning barça kunlari harakatlanadi. Poyezd Xivadan soat 9:55 da yölga çiqib, Buxoroga soat 14:32 da yetib boradi.

Foto: Öztemiryölyölovçi AJ

706-sonli «Buxoro-1 - Xiva» elektropoyezdi duşanbadan taşqari haftaning barça kunlari harakatlanadi. Poyezd Buxorodan soat 15:45 da yölga çiqib, Xivaga soat 20:25 da yetib boradi.

14-sentabrdan boşlab, 701-sonli «Buxoro-1 - Toşkent» elektropoyezdi har duşanba kuni qatnaydi. (Soat 15:17 da yölga çiqib, soat 21:22 da manzilga yetib boradi).

15-sentabrdan boşlab, 702-sonli «Toşkent - Buxoro-1» elektropoyezdi har seşanba kuni qatnaydi. (Soat 10:05 da yölga çiqib, soat 15:17 da manzilga yetib boradi).

Yangi elektropoyezdlar qatnovi yölga qöyilişi munosabati bilan quyidagi yölovçi poyezdlarining harakat jadvaliga ham özgartirişlar kiritiladi:

  • 56-son Toşkent Janubiy - Xiva - 8-sentabrdan;
  • 58-son Toşkent Janubiy - Şovot - 10-sentabrdan;
  • 127/128-son Andijon - Qönğirot - 8-sentabrdan;
  • 301-son Duşanbe - Toşkent - 15-sentabrdan;
  • 6412-son Toşkent Janubiy - Xovos - 15-sentabrdan, har seşanba kuni;
  • 6353-son Urganç - Nukus - 9-sentabrdan.