DW’ning FT’ga tayanib yozişiça, AQŞ maʼmuriyati vakillari Ukraina va Yevropa rasmiylariga qönğiroq qilib, Vaşington talabini yetkazmoqda.
«Ular Kiyevga qönğiroq qilyapti… ular hammaga qönğiroq qilyapti», - degan AQŞ Mudofaa vazirligi vakilidan şunday qönğiroq olgan amaldorlardan biri. U Yevropadagi rasmiylarni nazarda tutgan.
FT maʼlumotiga köra, amerikalik rasmiylar boğlangan şaxslar orasida Ukraina prezidentining harbiy maslahatçisi, 93-alohida mexanizatsiyalaşgan brigada sobiq qömondoni Pavel Palisa ham bor.
PURL - «Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari röyxati» dasturi bölib, Kiyevni qurol bilan taʼminlaşga qaratilgan. Xabarda dastur allaqaçon töxtatilgani emas, uni bloklaş tahdidi orqali bosim ötkazilayotgani aytilmoqda.
Bu maʼlumotlar Trampning «energetika böyiça sulh» haqidagi bayonoti ortidan tarqaldi. AQŞ prezidenti 11-oktabr kuni Rossiya va Ukraina energetika obyektlariga zarbalarni töxtatişga rozi bölganini eʼlon qilgan.
«Şu paytdan boşlab Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda energetika böyiça sulh joriy etiladi. Har ikki tomon bunga rozilik berdi. Uni buzmang!» - deb yozgan Tramp Truth Social’da.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa dastlab Axios jurnalistiga bunday qisman sulhga erişilganidan xabari yöqligini aytgan. Biroq Rossiya rozi bölsa, taşabbusni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Keyinroq Zelenskiy Ukraina AQŞ tomonidan tafsilotlarni kutayotganini maʼlum qilgan.
«Ukraina Qurolli kuçlari barça buyruqlarni oldi. Hamkorlarimizning bizga yordam berişi mumkin bölgan barça qadamlarini qöllab-quvvatlaymiz. Amerikaning Rossiya bilan muloqotiga oid aniq tafsilotlarni va Putin prezident Tramp aytgan gaplarni bajarişini kutyapmiz», - degan u.
Ayni paytda Zelenskiyga yaqin yuqori martabali ukrainalik amaldor FT’ga sulh haqida «heç kim eşitmaganini» bildirgan. Şu bois Tramp eʼlon qilgan kelişuvning aniq şartlari va uni amalga oşiriş tartibi yuzasidan savollar oçiq qolmoqda.
FT, şuningdek, Zelenskiy Ukrainada saylov ötkaziş imkonini yaratiş uçun 60 kunlik töliq öt oçişni töxtatişga erişişni taklif qilganini yozgan. Oq uy Tramp Putinni bunga köndiriş taklifiga qanday munosabatda ekani haqidagi savolga javob bermagan.








