Osiyo taraqqiyot banki Özbekistonda elektr energiyasini taqsimlaş tizimini modernizatsiya qiliş uçun 200 mln dollar qarz ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qarz bitimi 15-oktabr kuni Tailandning Bangkok şahrida OTB prezidenti Masato Kanda va Özbekiston boş vaziri örinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov tomonidan imzolandi.
Dastur doirasida mamlakat böylab muhim ahamiyatga ega 60 ta elektr taqsimlaş podstansiyasi rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi. Tarmoqlarni boşqarişni takomillaştiriş uçun raqamli tizimlar ham joriy etiladi.
OTB maʼlumotiga köra, Özbekistonda iqtisodiyotning ösişi, şaharlarning kengayişi va aholining elektr energiyasiga ehtiyoji ortişi tarmoqlarga tuşadigan yuklamani köpaytirmoqda. Eskirgan infratuzilma, elektr energiyasi yöqotişlari va uskunalarning ortiqça yuklanişi elektr taʼminoti işonçliligiga taʼsir körsatmoqda. Bu holat, şuningdek, qayta tiklanuvçi energiya manbalarining yangi quvvatlarini tarmoqqa ulaşni qiyinlaştirmoqda.
Dastur natijasida elektr energiyasi yöqotişlarini kamaytiriş, transformatorlarga tuşadigan ortiqça yuklamani pasaytiriş va elektr taʼminoti barqarorligini oşiriş kutilmoqda. Şuningdek, kamida 3,3 GVt quvvatga ega qayta tiklanuvçi energiya manbalarini elektr tarmoğiga ulaş uçun şaroit yaratiladi. Issiqxona gazlari çiqindilarini esa yiliga qariyb 23 ming tonna karbonat angidrid ekvivalentiga kamaytiriş rejalaştirilgan.
Loyiha «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning tarmoqlardan foydalaniş va ularni boşqariş salohiyatini oşirişga ham qaratilgan. Xodimlarning texnik könikmalarini rivojlantiriş, boşqaruv va moliyaviy nazorat tizimlarini mustahkamlaş, malaka oşiriş hamda energetika sohasida xotin-qizlar iştirokini kengaytiriş ham dasturning vazifalari qatoriga kiradi.
OTB maʼlumotiga köra, bu bankning Jahon banki bilan özaro töliq işonç mexanizmi doirasida amalga oşiriladigan energetika sohasidagi birinçi dasturidir. Şuningdek, u Özbekiston energetika sohasida natijalarga asoslangan qarz asosida amalga oşiriladigan ilk dastur hisoblanadi.
Uşbu mexanizm OTB va Jahon bankiga bir-birining kompleks baholaş natijalari hamda loyihalarni amalga oşiriş tartiblaridan foydalaniş imkonini beradi. Bu takroriy işlarni va bitimlar bilan boğliq xarajatlarni kamaytirişga xizmat qiladi.
OTB dasturda yetakçi kreditor hisoblanadi. Bank maʼlum qilişiça, Jahon banki rahbariyati şu oy oxirigaça qöşimça 100 mln dollar moliyalaştiriş ajratiş böyiça taklifni direktorlar kengaşi tasdiğiga kiritişni rejalaştirgan.
OTB 2010-yildan buyon Özbekiston energetika sohasiga jami 3,4 mlrd dollardan ortiq moliyalaştiriş va kafolatlar taqdim etgan. Yangi dastur «Özbekiston - 2030» strategiyasini amalga oşiriş, qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş va energiya samaradorligini oşiriş maqsadlariga ham xizmat qiladi.








