21 Oktabr

Andijon shahrida yashovchi Qobiljon Musayev propan gaz balloni bilan ishlovchi, uyni isitishga mo‘ljallangan maishiy pech ixtiro qildi. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda o‘zi yaratgan pech ham iqtisodiy jihatdan samarali, ham xavfsiz ekani haqida so‘zlab berdi.

Shifokor koronavirus yuqtirgan bemorlarni davolash vaqtida o‘zi ham shu kasallikka chalinib, vafot etganiga 1 yildan oshdi.

19 Oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon viloyatida «Tez yordam» shifokoriga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabar berdi.

18 Oktabr

Paxtaobodda bemorning mast qarindoshi tez yordam shifokorini do‘pposlab, uning burnini sindirdi. Magistraturada o‘qiyotgan yosh vrachning ota-onasi bu voqeadan keyin farzandi tez yordamda ishlashiga qarshi bo‘lmoqda.

16 Oktabr

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov bugun andijonlik saylovchilar bilan uchrashdi.

13 Oktabr

Shifokor koronavirusni aynan bemorlarga muolaja qilish vaqtida yuqtirib olganini Andijon viloyati SEOM tasdiqlagan. Sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari uch bolasi bilan boquvchisiz qolgan ayolni sarson qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida pulli ko‘prik paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Buloqboshi tumani hokimligi holat bo‘yicha ma'lumot berdi.

12 Oktabr

Andijon davlat tibbiyot institutida 743 nafar xodimning ish haqidan 100–300 ming so‘mdan pul hashar uchun deb ushlab qolingan. Institut bu ma'lumotni “feyk” deb atagan edi, biroq adliya organining aralashuvi bilan holat tasdiqlandi va pullar qaytarildi.

9 Oktabr

Ikki holatda firibgarlar o‘zganing ishonchiga kirib, yerlarni sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

8 Oktabr

Qamchiq dovonida 9-10 oktabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir-qor) bo‘lishi kutilayotgani sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.

6 Oktabr

Besh yildan beri gazsiz yashab kelayotgan Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylar aholisiga, Kun.uz'dagi maqoladan keyin, gaz ulab berildi. Oybuloqliklar esa endi ariqdan suv ichmaydi: mahallaga ichimlik suvi tortildi, simyog‘ochlar almashtirildi, yaqinda yo‘lga asfalt ham yotqiziladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 6 oktabr kuni kuzatiladigan ob-havo sharoiti tufayli Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Ko`proq yangiliklar
Top