18 oktabr kuni Kun.uz saytida Andijon viloyati Paxtaobod tumanida bemorning mast qarindoşi «tez yordam» şifokorini döpposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgani haqida xabar berilgandi. 

Mazkur holat Cog‘liqni saqlaş vazirligi tomonidan nazoratga olinib, zudlik bilan mavjud vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida örganişlar olib borilgan.

«Aniqlanişiça, joriy yil 17 oktabr kuni soat 00:30lar çamasi Paxtaobod tez tibbiy yordam bölimi Madaniyat şoxobçasi dispetçer xizmatiga şu tumanning Ma'rifat mahallasidan murojaat kelib tuşadi. 

Şundan söng çaqiruv manziliga darhol navbatçi şifokor Nodirbek Ahmedov boşçiligidagi tez yordam brigadasi yuboriladi. Biroq çaqiruv bölgan xonadon egasi, 1991 yilda tuğilgan fuqaro B.T. şifokorlarning yetib borişini kutmay, bemor onasi  G.U.ni öz şaxsiy avtomaşinasida «tez yordam» şoxobçasiga olib keladi.

Öşa kuni tuman tez tibbiy yordam bölimi Madaniyat şoxobçasida navbatçilik qilayotgan boşqa bir şifokor, 1994 yilda tuğilgan Şohrux Zokirov darhol bemor G.U.ning qon bosimi, yurak urişini ölçab, unga kerakli tibbiy yordam körsatadi. 

Öz vaqtidagi muolajalar sababli bemor G.U. ning qon bosimi me'yorlaşib, umumiy holati yaxşilanadi. Ammo fuqaro B.T. onasiga körsatilayotgan tibbiy yordamdan qoniqmasdan, jamoat joyi hisoblangan binoda jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan şifokorlarni uyatli sözlar bilan haqorat qiladi va öz xizmat vazifasini ötayotgan yana bir şifokor – M. Dehqonovning yoqasidan olib, uni böğa boşlaydi.

Şu payt hamkasbini ajratiş uçun borgan Ş. Zokirovning harakatlari muştumzör B.T.ga yoqmaydi va u şifokorning yuziga muşt tuşiradi. Bunga qanoat qilmagan B.T. muşt zarbidan yerga yiqilgan Ş. Zokirovning yuzi va tanasining turli joylariga urib, unga jiddiy jarohat yetkazadi», deyiladi xabarda. 

Şundan söng, olgan tan jarohatlari bilan Ş. Zokirov Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga yotqiziladi.

Ötkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi davomida Ş. Zokirovga boş miya çayqalişi, burun suyagining sinişi, ikkala köz qovoqlari va burun sohasidagi qontalaş taşxisi qöyilgan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan tuman içki işlar bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi  3-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan va tibbiyot xodimiga tajovuz qilgan B.T.ga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.