Qayd etilişiça, joriy yilning iyul oyidagi tabiiy ofat tufayli Aravonsoy köprigi avariya holatiga kelgan va köprikdan ötiş töxtatilgan, hozirda quriliş va ta'mirlaş işlari boşlangan.
2021 yil 10 oktabr kuni soat 7:00larda “Bozorboşi” MFY, Çilonzor köçasida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan, fuqaro X.I. soyga 2ta yoğoçdan iborat köprik yasab, odamlarni 1000 söm evaziga ötkazib qöyişni yölga qöygan.
Ma'lum qilinişiça, uşbu xatti-harakat Buloqboşi tumani sudida körib çiqilgan va fuqaro Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- va 200-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
“Ikkala tuman aholisi rasmiy sahifalar orqali köprik qurilişi tugallanib, foydalanişga topşirilmagunga qadar öz hayotlarini xatarga qöyib, soydan yasama köpriklar orqali ötmaslik haqida ogohlantirildi”, deyiladi ma'lumotda.

















