Abdujalilov Ergaşali Abduqurbonoviç Oltinköl tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ergaşali Abdujalilov 1985 yili Marhamat tumanida tuğilgan. 2007 yilda IIV akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy tizimlarda mutaxassis, bölim boşliği, rahbar örinbosari hamda rahbarlik lavozimlarida işlagan.
Ergaşali Abdujalilov mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantiriş masalalari böyiça yordamçisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Oltinköl tumaniga 2022 yil may oyidan buyon Muhammadmuso Obidov hokimlik qilayotgandi.

16 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida Abdulla Aripovga 9 ta tuman hokimining lavozimiga loyiqligini hal qiliş topşirilgandi. Uşbu röyxatda Oltinköl tumani hokimi Muhammadmuso Obidov ham bor edi.
Yanvar oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Obidov işdan ketgani haqida xabar tarqalgan, viloyat hokimligi matbuot xizmati esa bu ma’lumotni rad etib, yolğon xabar tarqatganlik uçun javobgarlik borligini eslatgandi.
- Bundan oldinroq prezident boş vazir Abdulla Aripovga lavozimga loyiqligini hal qilişni topşirgan tuman hokimlari qatorida bölgan Toşkent şahri Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyayev vazifasidan ozod qilingandi.








