19 Oktabr

Bugun, 19 oktyabr kuni yog‘gan yomg‘ir natijasida Andijon shahridagi qator ko‘chalar suvga to‘lib qoldi. Oqibatda yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. Kun.uz muxbiri shaharsozlikdagi xatolar oqibatlarini tasvirga oldi.

Andijon shahar “Jahon savdo kompleksi”da tongda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan FVV viloyat boshqarmasi axborot xizmati Kun.uzʼga ma’lumot berdi.

18 Oktabr

Qaysi hudud meva va sabzavotlar eksportida yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

17 Oktabr

Andijon viloyatida yana bir tumanga yangi rahbar tayinlandi.

16 Oktabr

Andijonda Lacetti yo‘lda qayrilib olayotgan traktorga borib urildi. Har ikki transport vositalari haydovchilari yengil turdagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

11 Oktabr

Qaysi hududda eng ko‘p egizak chaqaloq tug‘ilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

10 Oktabr

Jamoatchilikning talabi, xususan Kun.uz saytida tanqidiy maqola e’lon qilinishi ortidan Andijon shahridagi bog‘da 6 gektarlik ko‘lni qayta tiklash ishlari boshlandi. Hudud bir necha oy ichida so‘lim maskanga aylantirilishi kutilyapti.

O‘zbekistonda 9 oyda qancha tug‘ilish qayd etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

4 Oktabr

O‘qituvchilari orasida chet tillaridan sertifikatlarga ega bo‘lganlar ulushi tumanlar va shaharlar kesimida ma’lum qilindi.

2 Oktabr

Mukofotlangan hokim 56 ta qaror bilan 2 ming 390 gektar yerni noqonuniy ajratgan. Ayni shu tumanda bir yarim yil (2021-2022 yillar) ichida yer bilan bog‘liq noqonuniy holatlar bo‘yicha 15 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

1 Oktabr

Nodiraxon Ahmadjonova uzoq yillardan buyon Asaka tumanidagi 55-maktabda dars berib keladi. U tong soat 6da bolalarga bepul qo‘shimcha darslar o‘tib, OTMga tayyorlaydi. Tajribali pedagog Kun.uz bilan suhbatda o‘quvchilarning maktabdagi va repetitordagi o‘zlashtirishi va davomati turlicha ekani, buning sabablari haqida gapirib berdi.

28 Sentabr

Asakadagi avtozavod xodimlari ish soatlari haddan tashqari ko‘pligi sabab ayrimlar kasal bo‘lib qolayotgani, oyliklar kamligi va nazorat juda qattiqligidan shikoyat qildi. Kompaniya zavodda qonunchilikka muvofiq ish tashkil qilinganini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, zavod xodimlari orasida kuniga 11 soat ishlaydiganlar ham talaygina.

Ko`proq yangiliklar
Top