Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Suvga to‘lgan Andijon ko‘chalari
Bugun, 19 oktyabr kuni yog‘gan yomg‘ir natijasida Andijon shahridagi qator ko‘chalar suvga to‘lib qoldi. Oqibatda yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. Kun.uz muxbiri shaharsozlikdagi xatolar oqibatlarini tasvirga oldi.
Ta’kidlash kerakki, nafaqat Andijon, balki O‘zbekistonning boshqa ko‘plab shaharlarida ham birozgina ko‘proq yomg‘ir yog‘ib qo‘ysa, katta toshqinlar paydo bo‘lishi odatiy holga aylangan.
19 oktyabr kuni respublikaning qator hududlarida kuzning ilk jiddiy yomg‘iri yog‘ib o‘tdi. Bu kabi toshqinlar keyingi yil yozgacha hali u, hali bu shaharda kuzatilib turishini taxmin qilish mumkin.



Abduvali Qurbonov,
Kun.uz
Mavzuga oid
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026
Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak - Saida Mirziyoyeva
09:25 / 24.06.2026