Bekzod Ummatov Andijon viloyati Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bekzod Hamzayeviç Ummatov 1982 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 2003 yilda Toşkent moliya instituti, 2016 yilda Özbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004 yilda «Özuyjoyjamğarmabank» davlat aksiyadorlik banki Sergeli filiali jamğarma kassa amaliyoti va valuta ayirboşlaş şoxobçalari bölimining 7-sonli jamğarma kassa nazoratçisi vazifasidan boşlagan.
2005-2010 yillarda «Asaka» DATB Banklararo amaliyotlar departamentida turli lavozimlarda işlagan, 2011 yildan Aksilmonopoliya qömitasida iş boşlagan, 2017 yilda Vazirlar Mahkamasiga işga ötgan.
2019 yil fevralidan buyon Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisining örinbosari lavozimida işlayotgandi.
Asaka tumaniga 2020 yil sentabridan buyon hokimlik qilib kelgan Mansurbek Alixonov 2022 yil sentabrida prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligidagi yiğilişda yer munosabatlarini tartibga solişga oid qonunçilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yöl qöygan boşqa jiddiy qonunbuziliş holatlari uçun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.

















