4 Mart

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik va Chimyonda qor ko‘chish xavfi haqida xabar berdi.

O‘zbekistonda yanvar oyida 1 437 nafar egizaklar tug‘ilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Kuchli yomg‘irlar sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi e’lon qilindi. 5-9 mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

Farg‘ona shahrida elektr ta’minoti korxonasi bo‘limi muhandisi fuqaro bilan til biriktirib, savdo do‘konlaridan birini gaz tarmog‘iga ulab berishi evaziga 5 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

2022 yil 19 fevral kuni soat 00:17 da noma’lum shaxslar yuziga niqob taqib, pichoq bilan qurollanib, Oltiariq tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “Beeline” uyali aloqa kompaniyasi dilerlik shoxobchasiga g‘ayriqonuniy tarzda kirgan.

3 Mart

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida uch nafar fuqaro aloqa kompaniyasi ofisiga hujum uyushtirib, shoxobcha xodimiga tan jarohati yetkazishadi. U yerdan 5 million so‘mni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida oilaviy kelishmovchilik sabab ikki qizi bilan uydan chiqib ketgan ona qidirilmoqda. Kichik qizning jonsiz tanasi Katta Farg‘ona kanalidan topilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.

2 Mart

Quva tumanida “Mikrokreditbank” ATBning mutaxassisi 30 million so‘m evaziga tijorat banklaridan 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, oldindan 1 500 AQSh dollari olgan vaqtda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘ylab harakat qiluvchi Andijon – Qo‘qon shaharlararo yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

1979 yil 12 dekabrda SSSR Siyosiy byurosi Afg‘onistonga qo‘shin kiritish haqida qaror qabul qildi. 27 dekabr kuni O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikistondan umumiy hisobda 32 ming zaxiradagi harbiy xizmatchi chaqirilib, jangovar harakatlarga tayyorlandi. 25-27 dekabr kunlarida Afg‘onistonga ko‘plab harbiy bo‘linmalar olib kirildi.

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida ekilganiga yetti yuz yil bo‘lgan tut daraxtiga shikast yetkazgan tadbirkor jarimaga tortildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

1 Mart

Farg‘ona shahrida sandiq ichidan 73 million so‘mdan ortiq pul va 2 000 AQSh dollarini o‘g‘irlagan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ko`proq yangiliklar
Top