Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
700 yoshli tut daraxtiga shikast yetkazgan fuqaro jarimaga tortildi
Foto: Kun.uz
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida ekilganiga yetti yuz yil bo‘lgan tut daraxtiga shikast yetkazgan tadbirkor jarimaga tortildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Kun.uz saytida Rishton Markaziy dehqon bozori hududidagi 1340 yilda ekilgan tut daraxtlari yonida ikki qavatli savdo do‘koni qurilishi boshlangani, ish boshlagan quruvchilar poydevorni qazishi oqibatida daraxtlarning tomirlariga shikast yetgani haqida maqola e’lon qilingan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rishton tuman davlat inspektorlari tomonidan holat joyiga borib o‘rganilgan.
Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan tadbirkorda tuman hokimining yer ajratish to‘g‘risidagi qarori bo‘lgan, biroq Ekologik ekspertiza xulosasi bo‘lmagan. Fuqaro qurilish ishlari davomida noqonuniy qazish ishlarini olib borib, muhofazaga olingan daraxt ildizlariga shikast yetkazgan.
Huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari, ya’ni 5 400 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan. Shuningdek, daraxtlar atrofida olib borilayotgan qurilish ishlari to‘xtatilib, poydevor uchun qazilgan joyda ko‘mish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:24 / 01.10.2025
“Qizimning birgina gapi meni hayotga qaytardi” – 43 yoshida diplom olgan muallim
16:52 / 30.09.2025
“Dadamga tegmanglar, iltimos” – Farg‘onada ichki ishlar xodimlari fermerga to‘pponcha o‘qtaldi
12:37 / 07.08.2025
Farg‘onada qo‘riqlash bo‘limi xodimi cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi
15:21 / 30.05.2025