20 May

Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 220 MVt quvvatga ega ikkita quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro tender natijalari ma'lum qilindi. Dastlabki malaka tanlovida 18ta xalqaro kompaniya ishtirok etdi.

19 May

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududida harakatlanib ketayotgan Howo yuk mashinasining tormozi ishlamay qolishi oqibatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida jami to‘rtta mashinaga zarar yetgan. 8 kishi jarohatlangan.

18 May

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Jizzax viloyatida hududida jami 309 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lib, ularning 250 nafari sog‘ayganligi tufayli tibbiy nazoratdan chiqarilgan.

16 May

Bahor boshlanishi bilan o‘zbekistonliklar sayohatga otlanishadi. Odamlarimiz uchun bahorning eng mashhur yo‘nalishlaridan biri – Jizzaxning bebaho tabiatga ega Zomin tog‘lari. Ayniqsa may oyida butun mamlakatdan odamlar Zominga «oqib boradi». Bir tomondan mamlakatning o‘rtasida joylashgan Zominga barcha viloyatlardan kelish qulay ham.

14 May

Jizzax shahridagi maktablardan birida o‘qiydigan o‘quvchi mashina boshqarib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sport maydonida noqonuniy xo‘roz urishtirish musobaqasi o‘tkazib kelingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 15 may kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining barcha kurs (1-4 kurslar) talabalari uchun 2021 yil 17 may kunidan boshlab  an'anaviy ta'lim shaklida o‘qish boshlanadi. Bu haqda institut matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.

12 May

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida haydovchining uxlab qolishi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida «Kamaz» haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

9 May

«O‘zgidromet» 10 may, dushanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma'lum qildi.

6 May

Jizzax viloyati Baxmal tumanida joriy yilning o‘tgan to‘rt oyi mobaynida tibbiyot xodimlarining mas'uliyatsizligi tufayli 7 nafar go‘dak, 2 nafar ona vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tosh ortib tushish uchun toqqa chiqqan «ZIL »ag‘darilib ketgan. Oqibatda uning salonida bo‘lgan uch nafar odamdan ikki nafari vafot etgan.

Ko`proq yangiliklar
Top