Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida haydovçining uxlab qolişi oqibatida sodir bölgan yöl-transport hodisasida «Kamaz» haydovçisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 7 may kuni soat 03:10 larda M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanidan ötuvçi 976-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida yaşovçi 1992 yilda tuğilgan haydovçi Isuzu yuk maşinasini Toşkent-Termiz yönalişi böylab boşqarib kelayotib, uxlab qolgan. Söng, özidan oldinda yöl çetida töxtab turgan Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi 2000 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi «Kamaz» yuk maşinasiga borib urilgan.

Oqibatda «Kamaz» haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.