Jizzax davlat pedagogika instituti an'anaviy ta'limga o‘tkaziladi

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining barcha kurs (1-4 kurslar) talabalari uchun 2021 yil 17 may kunidan boshlab an'anaviy ta'lim shaklida o‘qish boshlanadi. Bu haqda institut matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.
Barcha talabalar institutga PsR (koronavirus test natijasi) test natijalari bilan qabul qilinadi. Koronavirus bilan kasallangan yoki davolanayotgan talabalar o‘qishlarini masofaviy (onlayn) tarzda davom ettirishadi.
Pedagogik amaliyotni o‘tayotgan talabalar o‘z hududlaridagi ta'lim muassasalarida amaliyotni belgilangan muddatda yakunlab, PsR (koronavirus test natijasi) test natijalari bilan an'anaviy o‘qish shakliga qaytishadi.
Institut tomonidan ma'lum qilinishicha, talabalar test natijalarini o‘z hududlaridagi sanitariya-epidemiologik ososoyishtalik markazlaridan borib olishlari mumkin. Laborator tahlil olish markazlari orqali test topshirish bepul.
Avvalroq, Jizzax davlat pedagogika institutida o‘quv jarayonlari 2021 yilning 30 aprelidan boshlab 14 mayga qadar ikki xaftalik muddatga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazilganligi haqida ma'lum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:00
-
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:58
-
«Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi
O‘zbekiston | 10:42
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi
Jahon | 09:56
Mavzuga oid

10:35 / 09.07.2022
Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etiladi

22:10 / 16.02.2022
Jizzaxda pedagogika instituti xodimi 100 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

18:20 / 06.02.2022
“Go‘yo biz teatrdagi qo‘g‘irchoq” – talabalarning an’anaviy ta’limga qaytilishiga munosabati

16:45 / 03.02.2022