Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi 20 ta maktabda koronavirus aniqlangan

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Jizzax viloyatida hududida jami 309 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lib, ularning 250 nafari sog‘ayganligi tufayli tibbiy nazoratdan chiqarilgan. Bu haqda viloyat SEO va JSB boshlig‘i o‘rinbosari Minnigul Muhitdinova viloyat hokimligida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qildi.
Hozirgi kunda Jizzax viloyatida 59 nafar bemor, shu jumladan, 9 nafar bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasida va 50 nafar bemor uy sharoitida tibbiy nazoratga olingan.
Epidemiologik vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan jami 6 ming 735 nafar fuqaro tibbiy nazoratga olingan bo‘lib, ulardan 5 ming 677 nafarida tibbiy kuzatuv muddati tugaganligi sababli nazoratdan chiqarilgan.
Hozirgi kunga qadar 20 ta umumta'lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli onlayn shakldagi ta'lim tizimiga o‘tkazilgan. Viloyatda jami 202 ta davlat maktabgacha ta'lim muassasalari mavjud bo‘lib, ularning 182 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qolgan MTMlarda ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar 32 ming doza AstraZeneca, 84 ming 800 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi, 900 doza Sputnik-V vaksinasi olib kelingan. Birinchi bosqichda 46 ming 953 nafar, ikkinchi bosqichda 11 ming 456 nafar fuqaro emlash bilan qamrab olingan. 2020 yil 1 aprelidan boshlab 543 mingdan ziyod PZR tahlili o‘tkazilgan.
Avvalroq, koronavirus tufayli 10 ming 882 nafar maktab o‘quvchisi masofaviy ta'limga o‘tkazilganligi hamda Jizzax davlat pedagogika institutida 17 may kunidan boshlab an'anaviy ta'lim shaklida o‘qish boshlanishi xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent - Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi
O‘zbekiston | 11:22
-
Ko‘cha o‘rtasiga panjara: bu qanchalik to‘g‘ri?
Jamiyat | 11:17
-
Qo‘llar yoshingiz haqida gapiradi: har kuni amal qilish kerak bo‘lgan 7 ta oddiy qoida
Ayollar dunyosi | 11:17
-
DXX fuqaroni aeroportga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi
O‘zbekiston | 11:12
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025