24 Sentabr

DXX Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qalbaki valutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda qalbaki 10 ming dollarni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan, yana birida esa soxta 14 ming dollarni o‘tkazishga uringan shaxslar ushlandi.

4 Sentabr

U Navoiy shahrida qurilish firmasidan kesib tashlangan 3 tup daraxt uchun tabiatga yetkazilgan 92,4 mln so‘m zararni undirmaslik hamda yana 4 tup daraxtni kesib tashlashga ruxsat berishi uchun 163 mln so‘m talab qilgan.

16 Avgust

Jamshid Xo‘jayev bungacha Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Navoiy viloyati hokimligida Turkiyaning Diaclinica tibbiyot kompaniyasi rahbari Mehmed Emin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

9 Avgust

Ular 400 mln so‘m soxta pullarni 160 mln so‘m haqiqiy pulga sotayotganda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

7 Avgust

Qurilish korxonasi 3 dona tut daraxtini tag qismidan kesib tashlagan.

5 Avgust

Bundan 7 yil oldin Koreya Respublikasi xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning 2,5 mln dollar qiymatidagi grant mablag‘lari evaziga “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi atrofi ko‘kalamzorlashtirilgandi. Hududning sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun o‘sha paytda mahalliy budjetdan 725 ming dollar sarflangan. 

31 Iyul

Ohak sexlarida ko‘mir yoqilishi sabab atmosferasi buzilgan Navoiy shahri yana tutun ichida qoldi: Karmana tumanidagi qattiq maishiy chiqindilar joylashtirish poligoni yonib ketdi. «Berejlivost» MChJga qarashli mazkur chiqindi poligonida 3 oy oldin ham yong‘in chiqqandi.

30 Iyul

DXX oltin qazib olish uchun sharoit yaratib berish evaziga fuqarodan 30 ming dollar talab qilgan IIB inspektorini qo‘lga oldi.

27 Iyul

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ tizimida faoliyat yuritib kelgan Dilmurod Ergashev Navoiy shahar hokimi lavozimida ish boshladi.

25 Iyul

Buxoro viloyatidagi tuman hokimi qo‘shni viloyat rahbarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylandi.

20 Iyul

“Kulrang bo‘rilar” nomli filmni suratga olish uchun kasting o‘tkazish bahonasida umumta’lim maktablaridan o‘quvchilar jalb etilgan. So‘ngra tanlab olinganlardan go‘yoki homiylik, deya ular bilan shartnoma tuzilib, ota-onasidan pul mablag‘lari undirilgan. Ammo na s’yomkadan, na puldan darak yo‘q.

Ko`proq yangiliklar
Top