Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy viloyati Tomdi tumani içki işlar bölimi profilaktika inspektorining noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.

IIB xodimi davlat zaxirasiga olingan hududda tarkibida oltin bölgan ruda qazib oliş uçun şaroit yaratib, huquq-tartibot idoralari tomonidan böladigan reyd tadbirlaridan ogohlantirib turiş evaziga mahalliy fuqarodan 30 ming AQŞ dollari talab qilib, 15 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

28 iyun kuni Farğona viloyatida prezident raisligida ötkazilgan yiğilişda jinoyatçilikka qarşi kuraşişda sustkaşlikka yöl qöygan öndan ortiq tuman IIB boşliqlari işdan olingandi, ular orasida Tomdi tumani IIB boşliği Rustam Röziyev ham bor edi.