Navoiy viloyati hokimiga yangi örinbosar tayinlandi. «Davlat boşqaruvi» telegram-kanali xabariga köra, Jamşid Xöjayev Navoiy viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida iş boşlagan.
Jamşid Xöjayev 1987 yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tuğilgan. 2008 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini milliy istiqlol ğoyasi yönalişida tamomlagan.
2017 yildan Özbekiston yoşlar ittifoqi Navoiy viloyati kengaşi raisi bölgan, 2020 yildan Yoşlar işlari agentligi Navoiy viloyat boşqarmasi boşliği bölgan.
J.Xöjayev 2021 yil dekabrida Yoşlar işlari agentligi direktorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
U 2015 va 2020 yillarda Navoiy viloyatidan Oliy Majlis Senatiga saylangan. 2017 yilda «Döstlik» ordeni bilan mukofotlangan.
- 2020 yil mayidan buyon Navoiy viloyati hokimining yoşlar siyosati böyiça örinbosari lavozimida işlagan Yaşin Duşanov 2023 yil iyul oyi oxirida, prezidentning Farğona viloyatiga taşrifi çoğida ötkazilgan yiğilişda işdan olingandi.












