Dilmurod Bekmuradoviç Ergaşev Navoiy şahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, Dilmurod Ergaşev tayinlovga qadar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ kapital quriliş boşqarmasi boşliğining sanoat obektlarini quriş böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.
Dilmurod Ergaşev 1979 yilda Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida tavallud topgan.
«Navoiyazot» AJ, «Qişloq quriliş invest» ixtisoslaştirilgan şu’ba injiniring kompaniyasi hamda «Navoiy kon metallurgiya kombinati» AJda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2017-2020 yillarda hokimlik tizimida, Karmana tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan.
Ma’lumot uçun, şaharga 2022 yil mayidan buyon hokim bölgan Muratxan Egamqulov 2023 yil 11 iyul kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida işdan olingandi.

Boşqa öndan ortiq hokimlar qatori uning işdan olinişiga investitsiyalar jalb qilişdagi kamçiliklar sabab qilib körsatilgan.












