10 Aprel

Nukus shahrida qo‘lbola usulda aroq tayyorlab sotish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga tushdi. Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro o‘z uyida hech qanday hujjatlarsiz, qo‘lbola usulda tayyorlangan 0,5 litr hajmli spirtli ichimliklarning har bir shishasini 14,583 so‘mdan jami 180 shishani 2 625 000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. 

Amudaryo tumanidagi Kuyuk ko‘pir ovulida Jahongir Xo‘janov va Gulasal Ko‘klanovalarning 2 yoshga yetmagan farzandi Dostonbek suvga cho‘kib ketgan. Bu haqda tuman hokimligi ma'lum qildi (http://amunews.uz/news/6577).

9 Aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida o‘rganishlar yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, respublika va shahar-tuman sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

Bu ishlar «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Qoraqalpog‘istonning olis hududlarida amalga oshirilgan.

8 Aprel

Beruniy tumani'dagi 420 mln so‘mga qurilib foydalanishga qabul qilinganligi ko‘rsatilgan 58-maktab filialida umuman qurilish bo‘lmaganligi aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqda Nukusda bir guruh fuqarolar ko‘chaga chiqib, yo‘lni to‘sib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi. Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish uchun mas'ullar bilan uchrashdi. Ma'lum bo‘lishicha, voqea bugun, 7 aprel kuni Nukusdagi Qoraqalpog‘iston ko‘chasining Qishloq qurilish bank qarshisidagi qismida yuz bergan. 4-sektor hududidagi bir guruh fuqarolar 13:30 lar atrofida yo‘lni to‘sib qo‘yishgan. 

7 Aprel

7 aprel kuni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida bitiruvchilar salmog‘i yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 39-son umumta'lim maktabiga prezident sovg‘asi - “Spark” avtomobili topshirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi (https://t.me/huquqiyaxborot/9473). Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi.

6 Aprel

Holat Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, DXX va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan «Qaraqalpaqstan» nashriyoti tomonidan Konstitutsiyasi nashrdan chiqdi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 31 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari tomonidan tashkilot rahbarini lavozimdan olish uchun ko‘chada namoyish uyushtirilgani aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Kun.uz'ga Amudaryo tumani, «Oq-oltin» OFY Dehqonobod aholi punktidan murojaat kelib tushgandi (https://t.me/kunuzqoraqalpogiston/3049). Unda 2-3 yildan beri uylarning oldi suvga to‘lishi, uylar yorilib, tagidan zax chiqayotgani haqida yozilgandi.

Ko`proq yangiliklar
Top