Joriy yil mart oyining yakuni holati böyiça respublika miqyosida www.uzbekcoders.uz portali orqali röyxatdan ötib, “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida ta'lim olayotganlar soni jami 200 ming nafardan ortiqni taşkil etdi. Şu jumladan, ulardan 81 ming nafardan ortiği iştirokçi va 50 ming nafardan ortiği bitiruvçi sertifikatini qölga kiritdi. 

Hududlar kesimida www.uzbekcoders.uz portalida röyxatdan ötganlar soni böyiça Navoiy viloyati (36 600 nafar), Qoraqalpoğiston Respublikasi (27 574 nafar) va Toşkent şahar (25 572 nafar) yetakçilik qilib kelmoqda. 

Faoliyat turi böyiça tahlil natijalariga köra, loyiha iştirokçilari orasida umumta'lim maktabi öquvçilari jami 67,2 foiz bilan yetakçi hisoblanadi. Yoş toifasi böyiça esa ta'lim oluvçilarning asosiy qismi, ya'ni 90 foizdan ortiği 13-34 yoşlar orasidagi öquvçilar hissasiga töğri keladi. 

Loyiha “Raqamli Özbekiston 2030” strategiyasiga ham kiritilgan. 2021 yildan boşlab xalqaro IT sertifikatlarini qölga kiritgan yoşlarga xarajatlarining 50 foizigaça bölgan qismini qoplab beriş vazifalari belgilandi. 

Eslatib ötamiz, dasturçilarni bunday masofaviy öqitiş loyihasi ilk marta BAAda “One Million Arab Coders” nomi bilan boşlangan. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil mart oyida BAAga rasmiy taşrifi doirasida axborot texnologiyalari sohasida ham hamkorlik kelişuviga erişilgan edi.