Amudaryo tumanidagi Kuyuk köpir ovulida Jahongir Xöjanov va Gulasal Köklanovalarning 2 yoşga yetmagan farzandi Dostonbek suvga çökib ketgan. Bu haqda tuman hokimligi ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, 5 aprel kuni ertalabki soat 10:00 larda Dostonbekning atrofda körinmay qolganini darhol payqagan oiladagilar izlay-izlay uni ariqdagi suvdan topişgan. Tanasida hayot asoratlari deyarli qolmagan gödakni ota-ona darhol Kuyuk köpir ovulidagi 5-oilaviy poliklinikaga olib kelişgan.
Tibbiyot muassasasidagi oila şifokori Jamşid Abdurahmonov ota-onasining qölida jonsiz kelgan Dostonbekka birinçi tibbiy yordamni körsatgan. Suvga çökiş, nafas yöllari aspiratsiyasi, oğir darajali asfiksiya, ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligi, klinik ölimdan keyingi holatda kelgan bolani tuman Tibbiyot birlaşmasi bolalar reanimatsiya bölimiga olib kelgan.
5 nafar şifokorning say'-harakatlari natijasida bemor hayoti saqlanib qolindi. 6 aprel kuni jajji Dostonbek ota-onasining bağriga qaytarilgan.












