Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati xabariga köra, holat yuzasidan vazirlikning Içki audit xizmati tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonliköl tumani davlat maktabgaça ta'lim taşkilotida 2021 yil yanvar oyida örganiş ötkazildi. 1-sonli DMTT direktori E.Bekbergenova öz lavozimida 31.01.2018 yildan 21.12.2020 yilga qadar işlab kelgan. Direktor ustidan xodimlar tomonidan kelib tuşgan şikoyatlarni örganiş maqsadida Işçi guruh şakllantirilgan.

Örganiş davomida MTT rahbari tomonidan 399,2 mln sömlik moliyaviy xato-kamçiliklarga yöl qöyilgani ma'lum böldi. Jumladan:

  • DMTTga har xil lavozimlarga işga rasmiylaştirilgan 5 nafar fuqaro DMTTda işlamagan va vazifa bajarmagan bölsa-da, ularning nomiga 24,0 mln söm iş haqi yozilib tölangan;
  • 2018-2021 yillarda 33 nafar xodimning mutaxassisligi töğri kelmasa-da, qöşimça iş vazifalari notöğri yuklanib hamda uşbu vazifalar bajarilmagan bölsa-da, ularga 28,9 mln söm iş haqi ortiqça tölangan;
  • 16 nafar xodimga 1,0 birlikdan ortiq iş-vazifalar yuklanib, tölangan 46,9 mln söm iş haqi xodimlar tuşuntiriş xatlariga köra “CLICK” xizmati orqali DMTT musiqaçisi va DMTT direktori E.Bekbergenovaning plastik kartoçkasiga ötkazib berilgan hamda şundan 8,5 mln söm iş haqi haqiqatda bajarilmagan iş hajmi uçun tölangan.

DMTTda 1,0 birlikda metodist lavozimida işlagan G.Otepovaga 2020 yil yanvar va fevral oylarida mehnat qonunçiligiga zid ravişda tuman MTB tomonidan qöşimça 0,5 birlik iş yurituvçi va 0,5 birlik sektor boşliği vazifalari yuklatilgan va 838,5 ming söm örindoşlik uçun ortiqça tölangan, G.Otepovaga 2019 yil noyabrdan 2020 yil fevral oyigaça DMTTdagi metodist vazifasi uçun tölangani rasmiylaştirilgan iş haqining 60 foizi, 7,1 mln söm DMTT direktori E.Bekbergenovaning plastik kartoçkasiga “CLICK” xizmati orqali ötkazib kelingan.

DMTT direktori tomonidan 3,63 birlik ştat birliklariga xodim olmasdan va böş iş örni böyiça tegişli mehnat organlariga hisobotlar topşirmasdan mehnat qonunçiligi buzilgan.

DMTT direktori E.Bekbergenova 1 nafar tarbiyaçi yordamçisiga 2018 yil oktyabr oyidan 2019 yil dekabr oyigaça öz uyida har xil turdagi maişiy işlarni, 2 nafar qorovulga 2020 yil 5 oy davomida özining eski uyini buzdirib yangi uy qurdirgan bölsa-da, uşbu davr mobaynida iş vazifasini bajarmagan 2 nafar qorovul va 1 nafar tarbiyaçi yordamçisiga budjet hisobidan jami 16,1 mln söm iş haqi ortiqça tölangan va DMTT uçun ajratilgan ştat birliklaridan öz manfaati yöllarida foydalangan.