Beruniy tumani'dagi 420 mln sömga qurilib foydalanişga qabul qilinganligi körsatilgan 58-maktab filialida umuman quriliş bölmaganligi aniqlandi. Bu haqda 6 aprel kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida aytib ötilgan.
Majlisda qayd etilişiça, XTV muassasalarida 192,2 mlrd sömlik moliyaviy xato, kamçiliklar va özlaştirişlar aniqlangan. Şuningdek, Xalq ta'limi sohasidagi islohotlarga kömaklaşiş jamğarmasi mablağlaridan 21 mlrd sömlik samarasiz xarajatlarga yöl qöyilgan.
Eslatib ötamiz, oldinroq Kegeylidagi maktabni ta'mirlaşda 104,8 mln sömlik, Çimboydagi maktab filiali binosini rekonstruksiya qiliş uçun ajratilgan mablağdan 105 mln sömlik budjet mablağlari talon-toroj qilingandi. Bundan taşqari Ellikqal'adagi maktab mas'ullari qariyb 0,5 mlrd sömni talon-toroj qilib yuborişgan edi.











