9 Noyabr

Termiz shahrida talabaning puli va ikkita telefonini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Denovda 37 dona gugurt qutisiga joylangan marixuanani qariyb 13 million so‘mga sotayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mashina sotib olishini aytib surxondaryolik fuqaroni chuv tushirgan andijonlik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

6 Noyabr

Termiz shahrida fuqaroning 800 million so‘mini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

5 Noyabr

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida Hyundai kichik yuk mashinasi qoidalarni qo‘pol tarzda buzib harakatlangan holda maktab oldidagi piyodalar yo‘lakchasida odam urib yuborgan. Oqibatda maktab o‘quvchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Uzun tumanining «ko‘rpaga qarab oyoq uzatish»ni bilmaydigan sobiq hokimi Otabek Normatov mahalliy budjetning imkoniyatini o‘ylab ham o‘tirmay, tumanning bosh rejasini bahona qilib o‘nlab tadbirkorlarning binolarini buzib tashlagan. Mana, uch yildirki, tumanda hokim almashaveradi, mulkdorlar esa hamon sarson-sargardon.

4 Noyabr

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida o‘zini departament xodimi deb tanishtirgan shaxs fuqaroning 30 million so‘m pulini o‘zlashtirib ketgan.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida mast fuqaro to‘yda mahalladoshini pichoqlagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida fuqaroni urib unga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

3 Noyabr

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida va Toshkent shahrida fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Mislsiz qiynoqlardan keyin to‘qib chiqarilgan jinoyat bo‘yniga qo‘yilgan inson umrining qariyb 5 yilini qamoqda o‘tkazdi. Sud uni oqladi, ammo yo‘qotilgan yillar, ruhiy iztirob va qiynoqlar uchun bor-yo‘g‘i 50 mln so‘m berildi. Unga adolatsiz hukmni o‘qigan sudya esa hamon sudyaligicha qolmoqda.

Joriy yilning 31 oktabr – 1 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqi komissiyasining bo‘lim boshlig‘i S. Rinaldi boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan.

Ko`proq yangiliklar
Top