Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida fuqaroni urib unga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 18 oktabr kuni soat 16.00 larda, Oltinsoy tumanida yashovchi O.Sh. va uning ukasi O.R. mast holda mahalladoshi B.O. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Shundan so‘ng aka-uka B.O.ni do‘pposlab unga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 18 oktabr kuni O.Sh. va O.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «k» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryoda haydovchi yo‘l talashib boshqa bir haydovchiga og‘ir tan jarohati yetkazdi

Surxondaryoda o‘zaro janjal paytida uka akasini pichoqlab jarohat yetkazdi