Denovda 37 dona gugurt qutisiga joylangan marixuanani qariyb 13 million sömga sotayotgan şaxs uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 22 oktabr kuni soat 19:20 larda, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan Denov tumani Şamoli mahallasi hududida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda Jarqörğon tumanida yaşovçi K.S. öz boşqaruvidagi «Damas» maşinasida mijozga 37 dona gugurt qutisida bölgan sof vazni 113.03 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 12 million 950 ming sömga sotayotgan vaqtida uşlangan. Undan aşyoviy dalillar tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.

Qayd etilişiça, joriy yil 25 oktabr kuni K.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.