Tergovdagi qiynoqlar, suddagi maynavozlik. Nohaq yöqotilgan 5 yilning badali 50 mln sömmi?
|19:15 / 03.11.202143 7039 min
Mislsiz qiynoqlardan keyin töqib çiqarilgan jinoyat böyniga qöyilgan inson umrining qariyb 5 yilini qamoqda ötkazdi. Sud uni oqladi, ammo yöqotilgan yillar, ruhiy iztirob va qiynoqlar uçun bor-yöği 50 mln söm berildi. Unga adolatsiz hukmni öqigan sudya esa hamon sudyaligiça qolmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovçilar bilan uçraşuvda “Surxon xalqining boşiga tuhmatlar, böhtonlar bölgani ham rost”, dedi va sönggi yillarda odamlar xotirjam va erkin nafas ola boşlagani haqida gapirdi.
Umuman, davlat rahbari nimaga işora qilgani köpçilikka ma'lum edi. Yaqin ötmişda Surxondaryoda kuçişlatar tizimlarning ayrim xodimlari öz vakolatini suiiste'mol qilgani, ular tomonidan inson şa'ni, qadr-qimmati oyoqosti qilingani, köplab insonlar tuhmat bilan uzoq muddatga qamalib ketgani sir emas.
Sariosiyolik Saidmuhiddin Xoliqov boşidan ötganlarini aytib berarkan, prezident Mirziyoyev aytgan gaplar aynan uning ham taqdirida keçganini tuşuniş qiyin bölmadi.
Qahramonimiz 2016 yilning 24 fevralida jinoyat işlari böyiça Surxondaryo viloyat sudining hukmiga asosan Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş, jamoat birlaşmalari yoki diniy taşkilotlarni qonunga xilof ravişda tuziş, ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş kabi ayblovlar bilan javobgarlikka tortilgan.
Saidmuhiddin Xoliqov 2020 yilning yozida oqlangan. U Kun.uz'ga boşidan ötkazganlari, xususan, qanday qilib kuçişlatar tizimlarning nişoniga aylangani, öziga nisbatan qilingan adolatsizliklar, jismoniy hamda ruhiy azoblar haqida hikoya qilib berdi:
— 2015 yilning martida IIB xodimlari meni heç qanday izohlarsiz köçadan uşlab olib ketişdi, – deya öz hikoyasini boşladi Saidmuhiddin Xoliqov. – Dastlab maşinamni tintuv qilişdi, özimni viloyat markaziga olib ketişdi. Biror ayb qöyişga asoslari bölmagaç, özlarining ixtiyorlarida qolişim uçun ham şaxsi noma'lum fuqaro sifatida rasmiylaştirib, “daydixona” (IIB huzuridagi reabilitatsiya markazi – tahr.)ga joylaştirişdi.
U yerda şunday muomala qilişdiki, buni inson bolasiga qöllab bölmaydi. Butunlay özimni yöqotib qöydim. Beş sutka davomida bir daqiqa ham ötirmadim. Tanamdan elektr tokini uzişmadi. 24 soat davomida tört kişi kelib tergov qiladi, ular ketib yana örniga boşqa törttasi keladi. Men ularga aytdim: “Akalar, yetti nafar farzandim bor. Nima maqsadlaring, aytinglar”, desam, “özing içingdagini ayt”, deyişardi.
Mavzuga oid
Mendan “Dösanov deganini taniysanmi?” deb söraşdi. Yöq, tanimayman, desam, tokni ulab şunaqa aylantirişdiki... Şu tariqa, tanimagan odamimni tanitiş uçun tanamga bir sutka davomida tinimsiz tok ulaşdi. Oxiri: “Dösanovni men öldirganman” deb yubordim. “Dösanov tirik”, deyişdi. Bölmasa unga nima bölgan, aytinglar, dedim. Butkul holdan toygandim.
Keyin Dösanov deganini olib kelişdi. U şunaqa körsatmalar berdiki, insonning imoni titrab ketadi. Xullas, böynimga “birodarlik”ni qöyişmoqçi böldilar. Agar böyningga olmasang, akang, kuyoving va öğlingni olib kelamiz, deyişdi. “Böldi, ularga indamanglar, nima tuşgan bölsa, mening boşimga tuşdi. Nima ayb qöysanglar, böynimga olaman”, dedim. Dösanov aytganlarini böynimga oldim.
Şundan keyin meni Surxondaryodan Toşkentga, Içki işlar vazirligiga olib borib tergov qilişdi. Qiziği, vazirlikning tergovçilari men bilan 5-10 daqiqa suhbatlaşgaç, majburan oğir moddani böynimga olayotganimni sezib qolişdi. “Nima, biz ahmoqqa öxşaymizmi?” deya mening aybim yöqligini aytişdi.
“Nima qilay, men Surxondaryoda rostini aytdim, işonişmadi. 5 sutka qiynaşdi. Endi sizlarga yolğon gapiryapman, sizlar ham işonmaysiz, deb öylagandim», dedim.
Öşa kuni meni maxsus reys bilan Surxondaryoga qaytarib yuborişdi. Aybim yöqligi isbotlangani, qöyib yuborişlari mumkinligiga menda umid uyğondi. Ammo töğri yana “daydixona”ga olib borişdi. Bu safargi qiynoqlar avvalgisidan ham oşib tuşdi.
Yana 5 oy Termizda saqlaşdi. Sariosiyolik bir avtobus odamni bosib olib borişdi. Ularni 20-30 yillab körmaganman. Ularni ham urib-sindirib, menga qarşi körsatma berdirişdi. Göyoki men – amir, ularning qaysidir biri – öng qölim, biri – çap qölim. Ular ölmaslik uçun menga qarşi körsatma berişdi. Öşa körsatmalar bilan meni qamaşdi.
Jinoyat işlari böyiça Surxondaryo viloyat sudi tomonidan 8 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qilindim. 2 yil Çirçiq şahri va 3 yil Şerobod tumanidagi jazoni ötaş muassasalarida böldim.
Yillar davomida aybsizligimni jazoni ötaş muassasalari rahbarlariga aytib keldim. 2020 yilga kelib işim qayta körib çiqildi.
Qaşqadaryo viloyat sudiga bir gapni aytdim: Qalbimda jarohat bor. Bu jarohat qiyomatgaça qoladi. Çunki öğlim qatori bolalar meni yotqizib futbol qilib taşlaşdi. Mayli, Vatanimning tinçligi uçun hamma narsaga tayyorman. Lekin farzandlarim maktabga borolmadi. Tasavvur qilyapsizmi, bir kişini Vatan xoini, din xoini qilib ayblaşni.
Kimningdir farzandi Rossiyaga borib namozxon bölib kelsa, xavotir olardim. Ota-onasiga ehtiyot bölinglar, adaşmasin, yot oqimlar bor, namozni şu yerda örgansin, derdim. Lekin özim qörqqan modda bilan meni qamaşdi.
Men eng kerakli vaqtda farzandlarim otasiz qolişdi. Uç nafar qizimni böyi yetib qolgandi.
Ötgan yili 9 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudi kassatsiya instansiyasi ajrimiga köra, harakatimda jinoyat alomati bölmagani sababli aybsiz deb topilib, reabilitatsiya qiliş yöli bilan oqlandim.
Xudoga şukur, mana yangi siyosat haqligini bildirdi. To jonim bor ekan, prezidentimizni duo qilaman. Nafaqat men, farzandlarim, nabiralarim ham duo qilişadi. Men va oilam şunday jirkanç narsadan qutuldik.
Oqlanganimga ham bir yildan oşdi. Beş yil nohaq qamoqda yotganim, bu yillar davomida farzandlarim moddiy-ma'naviy tomondan qiynalgani, köçaga ham çiqa olmay qolişgani... Bu azoblarni unutiş muşkul.
Şu holatlar va özimga nisbatan jismoniy qiynoqlar qöllangani uçun tovon puli talab qildim. 750 mln söm moddiy, 750 mln söm ma'naviy zarar talab qilib, sudga murojaat qildim.
Sud Sariosiyo tuman moliya bölimi orqali davlat budjetidan 50 million söm ma'naviy zarar undirişni belgiladi.
Ammo 5 yil avval ustaçilik qilib, Rossiyada işlab kelardim va bir yillik daromadim 15 ming AQŞ dollardan kam emasdi. Uşbu mablağni şunçaki kötarib kelmaganman, oilamga bank orqali jönatganman. Nahotki, men köp yil avval bir yilda topgan daromadimdan bir neça barobar oz mablağni beş yillik azobim uçun tovon puli, deyiş mumkin bölsa...
Men zamondan orqada qolib ketdim, farzandlarim yoş edi, biror işning boşini tutay, tadbirkorlik qilay, desam ham qurbim yetmayapti.
* * *
Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2020 yilning 9 iyun kungi ajrimida Xoliqov işida sudya bir qator qonun me'yorlariga amal qilmagani qayd etilgan.
Buni qarangki, bir guruh aybsiz insonlarga jiddiy ayblovlar bilan hukm öqigan A'zam Normaxmutoviç Sayfitdinov hozir ham sudya. U ayni kunda Jizzax viloyat ma'muriy sudi sudyasi lavozimida işlab kelmoqda.
Oqlov ajrimida Xoliqov va u bilan birga qamalganlar oqlanar ekan: «Na dastlabki tergov organi, na sud S.Xoliqov, V.Saidmirzayev va F.Eşonqulovning qaçon va kimlar bilan Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilgani, ğayriqonuniy ravişda diniy taşkilotlar tuzgani, uşbu taşkilotlarda faol iştirok etgani, diniy-ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuzgani va unda iştirok etganini aniqlamagan”, degan qaydlar bor.
Xulosa örnida: xoh sud, xoh huquq-tartibot idoralari özlari çiqargan qaror yoki olib borilgan tergov harakatlari davomida qilgan xatosi tufayli kimdir jabr körsa, qaror çiqarganlar javob bermas, qilmişi ularning kelgusi faoliyatiga ta'sir qilmas ekan, yuqoridagi kabi ayançli hayotiy hikoyalar yaralaveradi.
Tizimni adolatsiz sudyalar, huquq-tartibot idoralarining nopok xodimlaridan tozalaş uçun çindan ham samarali va işlaydigan qonun-qoidalar yaratiş vaqti kelmadimikan?
Tokaygaça undaylar qilgulikni qilib qöyib, insonlarning hayotini sindirib, taqdirlarini özgartirib yuborib, yana şu jafokaş xalq hisobidan maoş olib, bemalol işlaşda davom etişadi?
Isomiddin Pölatov,
Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi va montaj ustasi: Faxriddin Hotamov.