Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda mast fuqaro to‘yda mahalladoshini pichoqladi
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida mast fuqaro to‘yda mahalladoshini pichoqlagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 oktyabr kuni soat 21:30 larda Oltinsoy tumanida yashovchi X.S. tanishi N.E.ning yashash uyida bo‘layotgan to‘yga borgan. U yerda spirtli ichimlik iste'mol qilib mast bo‘lgan va mahalladoshi, T.I. bilan o‘zaro janjallashib qolgan.
So‘ng, yonida olib yurgan pichoq bilan T.I.ning ko‘krak qafasiga bir marotaba sanchib olib, tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 19 oktyabr kuni X.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
15:32 / 12.03.2026
Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi
10:44 / 10.02.2026
Kompyuter o‘yinxonasida ikki bola pichoqlandi
13:07 / 09.07.2024
Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab qochdi. Inspektor vafot etgan
10:40 / 27.05.2024