Termiz şahrida talabaning puli va ikkita telefonini öğirlagan şaxsga jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 12 oktabr kuni Termiz şahrining Çegara mahallasida yaşovçi, kollej talabasi R.Kamol şahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U öz murojaatida joriy yil 24 sentabr kuni uyidan narxi 600 ming söm va narxi 500 ming söm bölgan ikkita telefonini hamda 500 ming söm pulini noma'lum şaxs öğirlab ketganligini bildirgan.

Içki işlar organlari xodimlari tomonidan körilgan çoralar natijasida uşbu öğrilikni Denov tumanida yaşovçi, Ç.Davron sodir etgani aniqlangan va undan aşyoviy dalillar olingan.

Qayd etilişiça, joriy yil 21 oktabr kuni Ç.Davronga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.