19 Noyabr

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tomorqasini sotishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

18 Noyabr

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida hokimlik zaxirasida bo‘lgan 10 sotix yerni o‘ziga tegishli ekanini bildirib, uni rasmiylashtirib berishini aytib fuqaroga 3300 dollarga sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida davlat raqamini yashirib tez harakatlangan Spark mashinasi Cobalt bilan to‘qnashgan. Oqibatda Spark haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

17 Noyabr

Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroning Captiva mashinasini firibgarlik bilan sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

15 Noyabr

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ikkita tuman hokimiga intizomiy jazo qo‘llagan.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Labo mashinasini olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Termiz shahrida beton ustunga urilgan Labo mashinasi haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

13 Noyabr

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 17 yoshli yigitning vafotiga sabab bo‘lgan qoidabuzar haydovchiga sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

12 Noyabr

Termiz tumanida haydovchining pulini bermay o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Bandixon tumani Saroy mahallasi «Obod mahalla» dasturiga kiritilgani, ammo yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlarni almashtirish masalasida qilingan murojaatlar e'tiborsiz qolayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bandixon tumani hokimligi xabarlar bo‘yicha munosabat bildirdi.

10 Noyabr

Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikkita Nexia to‘qnashgan. Oqibatda yo‘lovchilardan biri tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 144 tonna unni o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top