Surxondaryoda «Obod mahalla» dasturiga tushgan mahallaga eski simyog‘ochlarning yaroqlilari o‘rnatilishi ma'lum qilindi

Foto: Bandixon tumani hokimligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Bandixon tumani Saroy mahallasi «Obod mahalla» dasturiga kiritilgani, ammo yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlarni almashtirish masalasida qilingan murojaatlar e'tiborsiz qolayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bandixon tumani hokimligi xabarlar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, Bandixon tumani Saroy mahallasidagi yaroqsiz simyog‘ochlarni almashtirib berishni so‘rab qilingan murojaat ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan.
«Saroy mahallasida 4698 nafar aholi istiqomat qiladi. Tuman mutasaddilarining ma'lumotlariga ko‘ra, Saroy mahallasida 2021 yil «Obod mahalla» davlat dasturi doirasida Bandixon tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Bandixon TETK PS Paxtakor F-1 TP-181ga qo‘shimcha 160 kVA transformator hamda 1,8 km 0,4kV elektr uzatish tarmog‘i qurilishi rejaga kiritilgan. Hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda», deyiladi munosabatda
Qayd etilishicha, murojaatda keltirilgan hudud mahallaning tarqoq manzillaridan biri hisoblanib, qurilish-montaj ishlari tugallangandan so‘ng rekonstruksiyadan chiqarilgan foydalanishga yaroqli tayanch ustun va elektr simlari murojaatchilar ta'kidlagan manzil bo‘yicha o‘rnatib beriladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AEXA rahbari yadroviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Eronga borishga tayyor
Jahon | 15:47
-
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 15:00
-
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi
Jahon | 14:59
-
Javob raketalarni otgan Eron va Isroilga yordam berayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:14
Mavzuga oid

11:06 / 17.11.2024
Surxondaryoda mashina maktab o‘quvchisini urib yubordi

18:00 / 28.08.2024
Bandixon tumanidagi “Boysun chungulsoy” fermer xo‘jaligi birinchilardan bo‘lib paxta yetishtirish rejasini bajardi

12:34 / 29.07.2023
Bandixon prokurori ishdan olindi. U mahalla raislarini so‘kib, fermerni kaltaklaganda intizomiy jazo bilan qutulib qolgandi

13:33 / 13.07.2023