Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda hokimlik zaxirasidagi 10 sotix yerni 3300 dollarga sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida hokimlik zaxirasida bo‘lgan 10 sotix yerni o‘ziga tegishli ekanini bildirib, uni rasmiylashtirib berishini aytib fuqaroga 3300 dollarga sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.X. va B.A.larning firibgarligi aniqlangan.
Ular oldindan til biriktirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 10 sotix yerni o‘zlariga tegishli ekanini aytib, ushbu yer maydonini fuqaro M.ga rasmiylashtirib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan undan 3 300 AQSh dollari olgan. So‘ng 9 million so‘mni o‘z ixtiyori bilan qaytargan. Qolgan pul ulardan protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
14:24 / 14.03.2026
Fermerga hisoblangan asossiz 126 mln so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi
10:29 / 05.03.2026