6 Noyabr

Toshkent shahar hokimligi fuqarolarni 7-8 noyabr kunlari bo‘lishi kutilayotgan kuchli shamol va yog‘ingarchilikdan ogohlantirdi.

5 noyabr kuni Qarshidan Toshkentga uchishi rejalashtirilgan samolyot parvozi noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqa muddatga qoldirilgan

5 Noyabr

Joriy yil 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitiga tayyorgarlik doirasida joriy yil 6-8 noyabr kunlari Toshkent shahrida TDT yuqori darajali mansabdor shaxslari navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Poytaxtni bevosita Parkent tumani Kumushkon qishlog‘i bilan bog‘lovchi yo‘nalishda mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 5 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:08 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. 

4 Noyabr

Poytaxtning Shayxontohur tumanida uch yigit avval janjallashib qolgan tanishining uyiga kelgan. Ularning ikki nafari tanish yigitni do‘pposlagan, uchinchisi esa hodisani videoga tushirgan. Layk yig‘ish maqsadida internetda tarqatilgan mazkur video holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga olib keldi.

2 Noyabr

Telegram'da poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Samarqand darvoza hamda Qoratosh ko‘chalari kesishuvida yo‘l cho‘kkani, harakatlanish uchun xavf tug‘dirayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Kun.uz holatni joyiga borib o‘rgandi.

Ertalabdan buyon to‘xtamayotgan yomg‘ir shaharning drenaj tizimidagi ahvolni yana bir marta ko‘rsatib qo‘ydi. Chinni bozor yaqinidagi ko‘prik, General Uzoqov ko‘chasi va poytaxtning ko‘plab yerosti o‘tish joylariga suv to‘planib qoldi.

1 Noyabr

Kuzning ikkinchi oyi o‘zi nihoyasiga yetgan bo‘lsa-da, ammo poytaxtda hamma daraxtlar ham sarg‘ayib, barglari to‘kilganicha yo‘q.

31 Oktabr

Hodisa 12 oktabr kuni poytaxtning Mirobod tumanida sodir bo‘lgani aniqlangan.

Nobel festivali doirasida Toshkentga kelgan koreyalik professor Raye Kvon Chung shahar havosi juda ham iflosligini sezganini aytdi. Nobel mukofoti laureati muammo yechimi uchun jamoat transportlarini ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, poytaxtda atmosferaga zararli tashlanmalarning 93 foizi avtomobillarga to‘g‘ri keladi.

Toshkent shahar hokimligi maktab o‘qituvchilarini bir xil kiyintirish tashabbusini davom ettiryapti. Bahorda 3 ming nafar o‘qituvchiga forma tarqatilgan bo‘lsa, kuzga kelib yana 1,2 ming o‘qituvchi uchun 1,5 mlrd so‘mlik kiyimlar xarid qilinyapti. Bir komplektning narxi 1 mln 250 ming so‘mgacha deb belgilangan.

Ko`proq yangiliklar
Top