Toşkentda havoning iflosligidan nafas olib bölmasligini sezdim, dedi şaharga mehmon bölib kelgan Nobel mukofoti laureati Raye Kvon Çung.

Koreyalik professor faoliyati davomida BMT boş kotibining iqlim özgarişi masalalari böyiça maslahatçisi bölib işlagan, 2017 yilda tinçlik yönalişida Nobel mukofotini olgan. U 24-27 oktyabr kunlari birinçi marta Toşkentda bölib ötgan V Nobel festivalida iştirok etdi.

“Toşkentga kelgan kunim (24 oktabr) baxtimga yomğir yoğayotgan ekan, havo juda toza edi. Lekin yomğir tingaç, haqiqatan havoning iflosligi, nafas olib bölmasligini sezdim. Şaxsiy maşinalarning köpligi, ulardan çiqayotgan zaharli tutun tufayli şahar havosi me’yoridan-da yomonlaşib bormoqda. Aynan şular ham Toşkent havosining ifloslanişiga sabab bölmoqda. Qandaydir yeçimini albatta topiş şart”, – dedi u Gazeta.uz'ga bergan intervyusida.

Raye Kvon Çungning aytişiça, şaharda havo ifloslanişini kamaytiriş uçun jamoat transporti rivojlantirilişi kerak.

“Sizlar jamoat transportiga e’tibor qaratişingiz, ularni köpaytirişingiz kerak. Bu öta muhim masala. Agar odamlar şaxsiy maşinasini haydab yuraversa, vaziyat bundan ham yomonlaşadi. Odamlar şahar içiga öz avtomobilida kirmagani ma’qulroq”, – deydi u.

Mehmonning qayd etişiça, jamoat transportining tezligi va sifatli xizmati ta’minlansa, odamlar albatta undan foydalanadi.

Kuni keça Ekologiya qömitasi bergan axborotga köra, Toşkentda atmosferaga zararli taşlanmalarning 93 foizi (397 ming tonna) avtomobillarga töğri keladi. Respublika miqyosida esa bu körsatkiç örtaça 58 foizga (1,4 mln tonna) teng.

Eslatib ötamiz, 17 oktyabr oqşomida Toşkent şahri havoning iflosligi böyiça dunyo şaharlari reytingida 1-öringa çiqdi.