31 Oktabr

O‘zbekistonda ichki yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni ko‘paytirish uchun Silk Avia loukosteri tashkil etilyapti. Aviakompaniyaning qisqa masofalarga uchishga mo‘ljallangan birinchi uchta samolyoti shu yil oxirigacha olib kelinadi. Kompaniya 3 yil ichida 12 ta samolyot olib, 54 ta yo‘nalishda haftasiga 216 ta parvozni amalga oshirishni reja qilmoqda.

Qurilish ishlari hajmida qaysi hududning ulushi yuqori ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

29 Oktabr

“2022-2023 yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Respublikada atmosferaga zararli tashlanmalarning 58 foizi (1,4 mln tonna) avtotransport vositalariga to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich – 93 foiz (397 ming tonna). 

28 Oktabr

Oktyabr ham oxirlab qoldi. Shu kunlarda kuz chiroyidan bahramand bo‘lyapmiz. Poytaxt Toshkent ham bu ajib faslning kishiga o‘zgacha kayfiyat beruvchi ranglariga burkangan.

Poytaxt bosh rejasi mualliflari shaharga tramvayni qaytarmoqchi emas. Ilhom Mahkamov esa Toshkentda tramvay bo‘lmasligi haqida hali qaror qabul qilinmaganini aytdi.

Aksariyat insonlar Marketing xizmatidan faqat mahsulot ishlab chiqarish va uning realizatsiyasini amalga oshirishda foydalaniladi

Aholisining o‘rtacha yoshi eng katta bo‘lgan hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

26 Oktabr

“Albatta, bu borada jamoatchilik fikri ham e’tiborga olinadi. Bog‘ oldin atalgan nomi G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ bo‘lib qoladi”, dedi Chilonzor hokimining davlat tili masalalariga mas’ul maslahatchisi Botir Rasulov.

Toshkent metrosida sumkasida bomba borligi aytilgan qizga 5 kun ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani ko‘pchilikda e’tirozlarni paydo qildi. Faollar bu hodisa tizimning muammosini ko‘rsatgani, dunyoning turli davlatlarida metroga kirishda tekshiruv yo‘qligi haqida yozishmoqda.

25 Oktabr

Chilonzor tumanidagi istirohat bog‘iga inglizcha nom berilishi mumkin. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy qarshi olingach, Kun.uz bog‘ ma’muriyati bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, bog‘ endilikda G‘afur G‘ulom nomidagi Dream Park yoki “Orzular bog‘i” deb ataladi.

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom bog‘ida ta’mirlash ishlari tugatilib, test rejimida faoliyati sinab ko‘rilyapti. Bu haqda Chilonzor tuman hokimligi xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top