5 noyabr kuni Qarşidan Toşkentga uçişi rejalaştirilgan samolyot parvozi noqulay ob-havo şaroiti tufayli boşqa muddatga qoldirilgan. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Qayd etilişiça, Qarşi xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (körişning yetarli darajada emasligi) şaroiti tufayli, 5 noyabr kungi HY070 Qarşi–Toşkent yönalişidagi qatnov 6 noyabr soat 05:30 ga majburiy köçirilgan.
Qatnov ekipaji soat 05:30 qadar ob-havo yaxşilanişini kutgan va ekipajning iş vaqti tugagani ma’lum bölgan. Havo kemasi sardori qatnovni soat 12:00 ga köçirişga qaror qilgan.
6 noyabr kuni Qarşi–Toşkent yönalişidagi HY-070 reysi belgilangan manzilga yetib borgan.
«Uzbekistan Airways aviakompaniya uçun yölovçilar xavfsizligi yuqori örinda turişini eslatib ötadi. Keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilar va ularni kutib oluvçilardan uzr söraymiz», — deyiladi xabarda.












