Ta’kidlaş kerakki, bu – noodatiy jala yoki anomal ravişda uzoq yoğgan yomğir emasdi. Lekin şu ham şahar köçalariga suv toşişi uçun yetarli bölyapti.

Nafaqat Toşkent, Özbekistonning aksariyat şaharlarida drenaj tizimi işdan çiqqan, şaharsozlik va qurilişlarda bu masalaga yetarliça e’tibor berilmayapti.

Toşkent şahar hokimligi 2018 yilda drenaj-lotok tizimining holatini örganiş böyiça maxsus işçi guruh tuzgan edi.

“Işçi guruh tarkibiga tegişli tuman hokimligi, Obodonlaştiriş boşqarmasi, “Suvsoz” korxonasi va taşabbuskor şaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinib, yuqorida körsatilgan holatlarning kelgusida takrorlanmasligi böyiça aniq takliflar işlab çiqiladi va bajarilişi ta’minlanadi. Takliflarni işlab çiqişda dunyoning yirik megapolis şaharlarida qöllangan zamonaviy texnologik yeçimlar örganiladi va qöllanadi”, – deyilgandi hokimlik bayonotida.