AKT vazirligida agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etildi
Shuningdek, Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinyapti.
Prezident “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas'ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimi kiritilmoqda.
Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinyapti.
Belgilab qo‘yilishicha, vazir o‘rinbosari lavozimini kiritish va boshqarmalarni tashkil qilish Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Vazirlik raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish doirasida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning loyihalari va texnik hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Prezident 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirish, shuningdek, 2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda elektron hukumat tizimini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.
Mavzuga oid
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024