Konferensiya kompaniyaning beş yilligiga bağişlangan bölib, Özbekistonning transport infratuzilmasini rivojlantirişning asosiy yönalişlarini muhokama qiliş maydoniga aylandi. Biznes dasturi transport va fintex sohalarining yetakçi mutaxassislari taqdimotlari va çiqişlarini öz içiga oldi.

Sönggi yillarda ATTO şahar transportida naqdsiz tölovga ötişda muhim rol öynadi. Bugungi kunga kelib tizim Özbekistonning yirik şaharlarini qamrab olgan bölib, naqd pul aylanişiga tuşgan yukni kamaytirdi, yölovçilarning yöllarini osonlaştirdi va transport operatorlari hamda moliyaviy institutlar uçun yangi imkoniyatlarni oçdi.

ATTO platformasi şahar mobilligini raqamli transformatsiya qiliş sohasida innovatsion loyiha sifatida işga tuşirilgan. Beş yil mobaynida u töliq ekosistemaga aylandi va bank kartalari, QR-tölovlar, davlat va xususiy taşuvçilar bilan integratsiyalaşdi. Loyiha fintex va transport sohalarida davlat va biznes örtasida samarali hamkorlik namunasiga aylandi.

“Raqamlilaştiriş, öz navbatida, transportning transformatsiyasi uçun yana bir muhim tayançdir. Ilğor texnologik yeçimlarni joriy etiş xizmatlarga kirişni osonlaştiradigan va foydalanuvçi tajribasini yaxşilaydigan integratsiyalaşgan transport tizimini yaratiş imkonini beradi. Avtomatlaştirilgan tölov tizimlari, mobil ilovalar va harakatni boşqariş uçun intellektual platformalar — bularning barçasi jarayon iştirokçilari uçun yangi imkoniyatlar oçadi”, — dedi Özbekiston transport vazirining örinbosari Ilxomjon Abduğaffarov.

“Biz şahar hayotini qurişda arxitektor bölişga intilamiz, bu orqali texnologiyalar qulaylik, şaffoflik va rivojlaniş uçun xizmat qiladi. "5 yil birga" konferensiyasi — bu natijalarni sarhisob qiliş imkoniyati, eng muhimi, mamlakatning barqaror va integratsiyalaşgan transport tizimi sari qöşimça qadamlarni belgilaş”, — ta’kidladi ATTOning ijroçi direktori Davron Şoyokubov.

Konferensiya UZCARD kompaniyasining boş homiyligida ötkazildi. Eng yirik milliy tölov tizimi bilan hamkorlik, mamlakatning raqamli infratuzilmasini barqaror rivojlantiriş uçun transport va moliya sohalari örtasidagi muloqotning ahamiyatini ta’kidlaydi.