Chotqol qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon qor qoplonini suratga oldi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon yaqinda noyob jonivor bo‘lgan qor qoplonini suratga oldi. Bu haqda Ekoqo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tasvirga tushgan qor qoploni yirik jussaliligi bilan ajralib turadi.
Qor qoploni O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ro‘yxatiga kiritilgan, yo‘qolib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan turi hisoblanadi.
Oqshomda faol, kunduzi g‘orlarga, qoyalar orasiga berkinib yotadi. 2 yilda bir marta bolalaydi. Tog‘ bo‘ylab yovvoyi tuyoqlilar ortidan yuqoriga va pastga mavsumiy ko‘chib yuradi.
Qor qoploni Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida ham doimiy muhofazaga olingan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Sport | 01:32
-
Suriyada hali ham 100 dan ortiq kimyoviy qurol omborlari mavjud - NYT
Jahon | 00:59
-
Xitoyda sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga qarshi tergov boshlandi
Jahon | 00:38
-
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi
Jahon | 23:36 / 06.04.2025
Mavzuga oid

12:40 / 23.02.2025
Surxondaryodagi milliy tabiat bog‘ida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

09:50 / 07.04.2024
«Hisor» qo‘riqxonasida noyob qor qoplonlari fotoqopqonga tushdi

17:30 / 22.03.2024
Foto: Turkiston silovsini Chotqol qo‘riqxonasi kuzatuv fotoqopqoniga muhrlandi

19:10 / 13.12.2023