Agrosanoat majmuini raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, agrar sohani raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinlar holatini nazorat qilishning idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini joriy etish;
- agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
- qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy AKTni joriy etish uchun DXSh shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish;
- suv omborlari va sug‘orish tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish;
- suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste'moli hisobini yuritish hamda ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
- biznes-startap loyihalarni amalga oshirish va innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish uchun korxonalarga ko‘maklashish.
Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» davlat muassasasi tashkil etiladi. Markaz agrosanoat majmuida «Raqamli qishloq xo‘jaligi» axborot tizimi yuritilishi uchun mas'ul hisoblanadi.
«Raqamli qishloq xo‘jaligi» axborot tizimi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, ta'minotchilar hamda qayta ishlash tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda, integratsiyalashgan yagona axborot tizimiga agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid ma'lumotlarni taqdim etish qoidalarini belgilash vakolati berildi.
2021 yil 1 mayga qadar yirik gidrouzel va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi.
Toshkent davlat Agrar universiteti hamda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida talabalarning agrar sohadagi biznes-startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha innovatsion tashkilotlar tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston | 10:52 / 05.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Korrupsiya aralashmadi, tepadan bosim bo‘lgani yo‘q» - U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov
Sport | 19:01
-
O‘zbekiston raqamli innovatsiyalar markazida: MWC 2025 yakunlari
Jamiyat | 19:00
-
Rossiyaning Vologda viloyatida migrantlarning qurilishda ishlashiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi
Jahon | 18:59
-
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17
Mavzuga oid

19:01 / 03.03.2025
Sifatli navlarni yaratish tajribasini o‘rganish bo‘yicha Italiya bilan hamkorlik qilinadi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

14:53 / 17.02.2025
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston agrosanoat sohasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

12:35 / 07.02.2025