AQŞning Kiyevga harbiy yordami töxtatilişi - bu ukrain armiyasi uçun nimani anglatadi?
|23:17 / 06.03.202521 4818 min
AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga harbiy yordam körsatişni töxtatdi. Ukrainaga Amerika harbiy yuklarini yetkazib beriş töxtatilgani haqidagi ma’lumotni Reuters agentligining vaziyatdan xabardor manbasi tasdiqlagan.
Foto: EPAFoto: EPA
Harbiy yordamni töxtatiş töğrisidagi qarorni qabul qilişdan oldin Oq uyning Oval kabinetida davlat rahbarlarining dramatik uçraşuvi bölib ötgandi, u keskin tortişuvlar, foydali qazilmalar böyiça kelişuv barbod bölişi va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Vaşingtonni şoşilinç tarzda tark etişi bilan yakunlangandi.
Gap aynan qanday qurollar haqida ketayotgani va ularning örnini bosiş imkoniyati bor-yöqligi haqida oldinroq yozilgandi. Ammo Ukraina va uning Yevropadagi ittifoqçilarining muammosi faqat bunda emas.
AQŞ tomonidan harbiy yordam töxtatilişi Ukraina qurolli kuçlarining jangovar qobiliyatiga va yaqin kelajakda frontdagi vaziyatga qanday ta’sir qilişi mumkin?
BBC rus xizmati şarhlovçisi Ilya Abişev navbatdagi materialida şu va boşqa muhim savollarga javob izladi.
AQŞ yordami töxtatilişi yaqin istiqbolda Ukraina armiyasining jangovar qobiliyati uçun nimani anglatadi?
Harbiy maşina — mustahkamlik va resurslarning katta zaxirasiga ega bölgan murakkab mexanizmdir. Oldingi çiziqda jang qilayotgan bölinmalarga yaqin haftalar yoki hatto oylar içida ham Amerika ta’minoti töxtatilgani sezilmasligi mumkin.
Yangi qurol-yaroğlar yetkazilmasligi muammolari asta-sekin töplanib boradi va birinçi navbatda kelgusidagi amaliyotlarni rejalaştirişda aks etadi.
Va bunday amaliyotlar bir neça oy oldindan rejalaştiriladi va doimo mudofaaga ustuvorlik beriladi.
Ukraina 2023 yil kuzidan 2024 yil bahorigaça ham AQŞ Kongressi Bayden ma’muriyati bilan moliyalaştiriş böyiça kelişa olmaganida, AQŞ harbiy ta’minoti töxtatilişi muammosiga duç kelgan edi.
Aynan şu davrda Ukraina qurolli kuçlari frontning deyarli barça uçastkalarida strategik taşabbusni Rossiya armiyasiga topşirdi va asosiy e’tiborni mudofaaga qaratdi. Şu bilan birga, barça mudofaa operatsiyalari ham muvaffaqiyatli bölmadi — avval Avdiyivkadagi asosiy istehkom, keyin yana bir neça muhim pozitsiyalar boy berildi, rus armiyasi Xarkiv oblastiga bostirib kirdi.
AQŞ harbiy ta’minoti tiklanişi bilan Ukraina qurolli kuçlari Xarkiv yönalişidagi vaziyatni barqarorlaştirdi va Kursk oblastida (darhol emas) hujum amaliyoti boşladi.
Ammo harbiy mojaro endi boşlangan 2014-2015 yillardan buyon Donetsk oblastida Ukraina qurolli kuçlari uşlab turgan va katta resurslar sarflangan muhim pozitsiyalar boy berilişi oqibatlari vaziyatga hamon ta’sir körsatmoqda.
Mavzuga oid
Qanday yordam töxtatilişi frontdagi vaziyatga eng jiddiy zarba bölişi mumkin?
Birinçi navbatda, barça turdagi raketalar yetkazib berilişi töxtatilişi — ham operativ-taktik komplekslar uçun, ham havo hujumidan mudofaa tizimlari va aviatsiya uçun. Şuningdek, razvedka ma’lumotlarini almaşiş.
Duşman hududi içkarisiga kuçli preventiv (oldini oluvçi) zarbalar yöllaş imkoniyati unga yirik hujum amaliyoti uçun qöşinlarni töplaş imkonini bermaydi, uni köp sonli, ammo tarqoq hujumlarga ötişga majbur qiladi va uning son va sifat jihatdan ustunligini yöqqa çiqaradi.
Zamonaviy kuzatuv tizimlari va raketalarga ega bölgan köplab raketaga qarşi/havo hujumiga qarşi komplekslar mavjudligi esa raqibning ança qimmat ballistik va qanotli raketalardan foydalangan holda uyuştiriladigan hujumlarni samarasiz qiladi.
AQŞ kassetali öq-dorilarni taqiqlaş töğrisidagi konvensiyaga qöşilmagani ham ahamiyatlidir, bu unga ommaviy qirğin vositalarini işlab çiqarişga imkon beradi. Şuningdek, piyodalarga qarşi minalarni taqiqlaş haqidagi konvensiyaga ham — bu keng kölamli mojaro şaroitida juda muhim.
Razvedka ma’lumotlari-çi? Starlink öçirib qöyilsa nima böladi?
Hozirça tuşunarsiz. Turli manbalar işontirişiça, hozirça razvedka ma’lumotlari almaşinuvi töxtamagan.
Ukraina qurolli kuçlari taktik va operativ-taktik darajada Vaşingtonning razvedka yordamiga unçalik muhtoj emas.
Sodda qilib aytganda, ukrainlar razvedka ma’lumotlarini jang maydonida ham, duşman hududining 40-50 km va undan ortiq çuqurligida ham öz kuçlari bilan — dronlar, aviatsiya, çekiniş paytida qoldirilgan «juçoklar», radioelektron razvedka vositalari, agentura ma’lumotlari va boşqalar yordamida olişadi.
Yuqori darajadagi razvedka ma’lumotlariga kelsak, AQŞ, birinçidan, ularni NATO böyiça ittifoqdoşlari bilan baham körişdan boş tortmadi, ikkinçidan, ittifoqçilar hozirça bu ma’lumotlarni Kiyev bilan baham körişni taqiqlamagan, buning ustiga NATO liniyasi böyiça bu ma’lumotlar umumiy.
Starlink sun’iy yöldoş tizimlarini almaştiriş imkoniyati haqida allaqaçon köp yozişgan, ukrainlar buni qilişgan. Gap şundaki, Starlink harbiy texnika emas.
Yevropa yordamning qaysi qismining örnini bosişi mumkin?
Yevropadagi harbiy-sanoat kompleksida faoliyat yurituvçi kompaniyalar — Germaniyaning Rheinmetall, Britaniyaning BAE Systems, Fransiyaning Dassault Aviation va Thales, Şvetsiyaning Saab, Italiyaning Leonardo kompaniyalarining qimmatli qoğozlari narxi 10 foizdan 18 foizgaça kötarildi.
Ammo bu faqat Yevropa harbiy-sanoat kompleksi aksiyalari jozibadorligi ösişini körsatadi, gap uning harbiy mahsulotlar işlab çiqarişni tezda oşiriş qobiliyati haqida emas.
Yevropa AQŞniki kabi mahsulotlarni işlab çiqara oladi. Faqat kam. Hozirça.
Amerikaning qöllab-quvvatlaşidan töliq voz keçilgan taqdirda, Ukraina armiyasi AQŞ tomonidan ommaviy ravişda yetkazib berilayotgan mahsulotlarning ötkir taqçilligini boşdan keçiradi. Bular asosiy zarba beriş vositalari — snaryadlar, minalar, tankka qarşi, zenit, taktik va operativ-taktik raketalar, jangovar zirhli texnika va zirhli transport vositalaridir.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari böyiça nima gap?
Amerikaning Patriot va öxşaş xususiyatlarga ega Yevropa tizimlari Ukrainada asosan qöşinlarni emas, balki yirik şaharlarni himoya qiladi. Amerika havo hujumidan mudofaa tizimlariga raketalar yetkazib berişni töxtatiş Ukraina qurolli kuçlari taktikasiga jiddiy ta’sir körsatişi dargumon — hozirgi uruş kuçlarni muşt qilib tugiş emas, balki tarqalib ketiş va tösatdan zarba beriş qobiliyatiga köproq boğliq.
Ammo raketa hujumiga qarşi tizimlar uçun ta’minot töxtatilsa, şaharlar himoyasi zaiflaşişi mumkin.
F-16 qiruvçi samolyotlari, ularga xizmat körsatiş, uçuvçilarni tayyorlaş va jihozlaş bilan ham xuddi şu gap. Ukraina qurolli kuçlari balansida turgan bunday samolyotlarning asosiy vazifasi — yirik strategik obektlarga aviatsiya va raketa zarbalarini qaytarişdir. Qanotlari ostida olib uçadigan Amerika raketalarisiz ulardan foyda yöq.
Duşman hududini Eronning Şaheed’lari kabi sekin harakatlanuvçi dronlar bilan bombardimon qiliş va bunday zarbalarni qaytariş masalasiga kelsak, ikkala tomon ham buni asosan öz kuçlari bilan va özgaruvçan muvaffaqiyat bilan amalga oşirmoqda.
AQŞning harbiy yordamni töxtatiş haqidagi bayonotidan keyin front çiziğidagi janglar dinamikasi özgardimi?
Yöq, özgarmadi, ammo bunday bölişi ham kutilmagandi. Yuqorida aytib ötilganidek, barça yirik harbiy operatsiyalar hozirgi vaziyatdan kelib çiqib va yaqin istiqbolni hisobga olgan holda ança oldindan rejalaştiriladi.
Hozirda Rossiya armiyasi, aftidan, Pokrovsk-Mirnograd aglomeratsiyasini tezda qölga kiritiş rejalaridan voz keçgan va bor kuçini undan şimolga — Konstantinovka şahriga yönaltirmoqda, Toretsk va Çasiv Yar (hali töliq qölga kiritilmagan) tomonidan ikki yönalişda zarba beriş rejalaştirilmoqda.
Konstantinovka qölga kiritilsa, Kramatorsk va Slovyanskka hujum qiliş uçun şaroit yaratiladi. Lekin hali Konstantinovkaga yetib oliş kerak.
Rossiya armiyasi Donetsk oblasti ğarbida ham, Xarkiv şarqidagi Kupyansk hududida ham hujum harakatlarini davom ettirmoqda, biroq joriy yil boşida uning oldinga siljiş sur’ati sezilarli darajada sekinlaşdi, yöqotişlar esa kamaymadi.