Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Vologda viloyatida migrantlarning qurilishda ishlashiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi
Yangi farmonda aytilishicha, mintaqada qurilish sohasida bo‘sh ish o‘rinlari ko‘payib bormoqda, biroq bu joylarni egallashga tayyor bo‘lgan va bandlik xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz fuqarolar soni talabni qondirish uchun yetarli emas.
Foto: Reuters
Vologda viloyati ma’muriyati migrantlarni qurilish ishlariga jalb etishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashga qaror qildi. Viloyat huquqiy axborot portalida gubernator Georgiy Filimonovning tegishli famroni loyihasi joylashtirildi.
27 fevral kuni Filimonov chet ellik ishchilarni jalb qilish taqiqlangan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Yangi ro‘yxatga, xususan, binolarni qurish va buzish, turli qurilish ishlarini bajarish kiritilgan edi.
Biroq, Aleksey Mordashovning «Severstal» kompaniyasi bu qarorga qarshi chiqdi. Kompaniya bu farmon uning mintaqadagi investitsiya dasturiga, jumladan, temir rudasi granulasini ishlab chiqarish majmuasini qurishga to‘sqinlik qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. «Severstal» investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Cherepovetsga 6 ming migrantni olib kelmoqchi edi. Bu esa mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng Filimonov qurilish obektlari va mehnat migrantlari to‘planadigan joylarda nazoratni kuchaytirish rejalarini e’lon qildi.
Migrantlarning qurilish maydonlarida ishlashiga qo‘yilgan taqiqni bekor qiluvchi yangi farmonda aytilishicha, mintaqada qurilish sohasida bo‘sh ish o‘rinlari ko‘payib bormoqda, biroq bu joylarni egallashga tayyor bo‘lgan va bandlik xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz fuqarolar soni talabni qondirish uchun yetarli emas.
Shuning uchun, Rossiya fuqarolari uchun ushbu bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldira olmaydi.
Mavzuga oid
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
10:06 / 31.03.2026
AQShdagi mavsumiy ishlar: fuqarolarga muhim ogohlantirish berildi
10:21 / 26.03.2026
Italiya o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishga qabul qiladi
10:16 / 26.03.2026