Chiroyli raqamlar auksioni: Toshkent va viloyatlar uchun raqamlarning narxlari ma'lum

5 sentabr kuni jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda «O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi rasman amaliyotda boshlandi. Bu haqda Kun.uz'ga Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar bergan.
Unga ko‘ra, xaridorgir chiroyli davlat raqami belgilari oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha avtoraqam.uzex.uz sayti orqali o‘tkaziladigan auksionda sotilishi ma'lum bo‘ldi. Auktsionda raqam belgilari I, II, III toifalarda hamda Toshkent shahri uchun ishlab chiqarilgan alohida oshirilgan stavkalar bo‘yicha lotga qo‘yiladi. Dastlabki auksionda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan raqamlarning boshlang‘ich oshirilgan stavka bo‘yicha narxi quyidagicha belgilangan.
Toshkent shahridagi 01 raqam partiyasi ostida
I - toifada 27 juft (seriyadagi son) 001, 002, 003, 004, 005, 006, 007, 008, 009, 100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900, 111, 222, 333, 444, 555, 666, 777, 888, 999 - ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga har xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 100 baravarida, bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 130 baravarida etib belgilandi.
II - toifada 19 juft (seriyadagi son) 010, 020, 030, 040, 050, 060, 070, 080, 090, 077, 101, 202, 303, 404, 505, 606, 707, 808, 909 - ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga har xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 70 baravarida, bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 100 baravarida etib belgilandi.
III - toifa 19 juft (seriyadagi son) 011, 022, 033, 044, 055, 066, 088, 099, 110, 220, 330, 440, 550, 660, 770, 701, 702, 880, 990 - ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga har xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 50 baravarida, bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 80 baravarida etib belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi mahalliy raqam partiyasi ostida
I - toifada 27 juft (seriyadagi son) 001, 002, 003, 004, 005, 006, 007, 008, 009, 100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900, 111, 222, 333, 444, 555, 666, 777, 888, 999 - ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga har xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 70 baravarida, bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 100 baravarida etib belgilandi.
II - toifada 19 juft (seriyadagi son) 010, 020, 030, 040, 050, 060, 070, 080, 090, 077, 101, 202, 303, 404, 505, 606, 707, 808, 909 - ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga har xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 50 baravarida, bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 80 baravarida etib belgilandi.
III - toifa 19 juft (seriyadagi son) 011, 022, 033, 044, 055, 066, 088, 099, 110, 220, 330, 440, 550, 660, 770, 701, 702, 880, 990 - ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga har xil kombinatsiyagadi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 35 baravarida, bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang‘ich narxi EKIH 65 baravarida etib belgilandi.
Masalan, 01 A 001 CA raqami oshirilgan stavka bo‘yicha auksiondagi boshlang‘ich narxi eng kam ish haqining 100 baravarida, 01 777 AAA esa eng kam ish haqining 130 baravarida belgilangan. Bu boshlang‘ich auksion narxi bo‘lib, e'lon qilinganidan kamida 3 kun muddatga qo‘yiladi. Xaridor raqamni sotib olish uchun auksionda ishtirok etmoqchi bo‘lgan mijoz avtoraqam.uzex.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, oshirilgan stavkada bo‘yicha belgilangan narxning 10 foiz miqdorida kafolat pulini to‘lashi lozim. Auktsion yakuniga ko‘ra, g‘olib bo‘lmagan (raqamni sotib ololmagan) ishtirokchilarning dastlabki badal to‘lovi qaytarib beriladi.
Shuningdek, auksionda ishtirok etmaydigan hamda foydalanishda bo‘lmagan davlat raqamini bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan buyurtma qilish mumkin. Masalan, 01 014 AAA yoki 30 A 803 AA kabi raqamlarni oshirilgan stavka bo‘yicha belgilangan narxda sotib olish mumkin. Bunday raqamlar auksionda ishtirok etmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etiladi. Yangi raqam egalari uni boshqa shaxsga sota olmaydi, balki eng yaqin oila a'zolarining nomiga EKIH 1,5 baravarida to‘lovni bajarib o‘tkazib berishi mumkin. Mabodo, shaxsiy avtomobilini sotgan taqdirda, xarid qilingan shu turdagi davlat raqami belgisi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga murojaat etilgach, bir yil muddatgacha muzlatib qo‘yilishi mumkin. Undan so‘ng, raqamga egalik huquqi bekor qilinadi.
Tavsiya etamiz
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12 / 07.03.2025
Tramp vakillari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan yashirincha uchrashgan
Jahon | 15:30 / 07.03.2025
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston | 14:01 / 06.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qrim ko‘prigini butunlay yakson qilish bo‘yicha yangi operatsiya tayyorlamoqda
Jahon | 23:40 / 09.03.2025
-
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi
Jahon | 22:28 / 09.03.2025
-
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi
Jahon | 21:58 / 09.03.2025
-
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 21:23 / 09.03.2025
Mavzuga oid

13:45 / 13.02.2025
2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:29 / 04.02.2025