Esingizda bölsa, AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga bosim ötkazişga zör bergan vaqtlarda uning reytingi 4 foizgaça qulagani, Kiyev saylov ötkazişi kerakligini aytgandi. Tramp va respublikaçilar ommaviy çiqişlarida bu mavzuga qaytmay ketişdi. Biroq Trampning odamlari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan uçraşib, saylov masalasini muhokama qilgani ma’lum böldi.
Poroşenko va Timoşenko bilan
Avvaliga Politico naşri Trampning odamlari Ukrainada prezident Zelenskiyga siyosiy raqobat qilişi mumkin bölgan ikki siyosatçi – Petro Poroşenko va Yuliya Timoşenko bilan aloqaga çiqqani haqida xabar tarqatdi. Unda aytilişiça, AQŞ prezidenti vakillari Timoşenko va Poroşenko bilan vaqtinça sulh tuzilgan, lekin tinçlik muzokaralaridan oldin saylov ötkaziş masalasini muhokama qilişgan.
Oddiy söz bilan aytganda, Zelenskiy böysunmayotganidan jahli çiqqan Trampning odamlari Poroşenko va Timoşenko bilan körişgan. «Yuliya xonim, janob Petro, agar Ukrainada saylov bölsa, sizning unda ğalaba qozoniş imkoniyatingiz qanday? Agar biz sizni qöllab, saylovda yutişingizga yordam bersak, Zelenskiy kabi qaysarlik qilmay, biz aytgan işlarni qilasizmi?» degan katta ehtimol. Albatta, töğridan töğri bunaqa deyişmaydi. Lekin men sizga gapning indallosini tuşuntiriş uçun şunday misol qildim.
Ukrainada saylov ötkazilgan taqdirda kimning imkoniyati yaxşi ekani haqida video tayyorlagandik. Unda Zelenskiy bilan birga Valeriy Zalujniy va Kirilo Budanovning imkoniyati yaxşi ekanini aytganmiz. Bu ikki nomzod esa muzokaralarda Zelenskiydan yumşoqroq pozitsiyada bölmasligi aniq. Şu sabab Tramp ma’muriyati jahl ustida nisbatan gapga kiradigan nomzod qidira boşlagani taxmin qiliş mumkin bölgan ssenariy.
«Hozir saylov ötkazadigan vaqt emas»
Biroq Tramp vakillarining rejalari çippakka çiqqan körinadi. Çunki Politico yaşirinça ötganini xabar bergan uçraşuvlar haqida ikki siyosatçi öz sahifalarida yozib çiqişdi. Poroşenko amerikaliklar bilan Ukraina manfaati yölida oçiq işlab kelgani, bunday uçraşuvlarni amaldagi hukumat bilan kelişib taşkil qiliş tuzukligini aytgan. Şuningdek, Poroşenko Ukraina hukumati va AQŞ örtasidagi muloqot yöqolişini katta xatar deb atagan. Ukraina sobiq prezidenti uruş vaqtida mamlakatda saylov ötkaziş xato ekanini aytgan.
Yuliya Timoşenko ham amerikaliklar bilan uçraşuv ötkazganini tasdiqlab, uruş vaqtida Ukrainada saylov ötkaziş haqida gap-söz bölişi mumkin emasligini aytgan. Timoşenko çindan Zelenskiyning raqibi hisoblanadi. Lekin uruş boşlangaç u ukrainlarni prezident Zelenskiy atrofida birlaşişga çaqirgandi.







